Jamiyat

Neft va gaz obʼyektlarida xavfsizlik talablarini buzgan 13 xodimga chora koʻrildi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Fotobankka oʻtishPunkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo
Punkt pereoborudovaniya avtotransporta na gazomotornoye toplivo - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Buxoro va Navoiydagi neft va gaz obʼyektlarida xavfsizlik talablarini buzgan 13 nafar xodimga chora koʻrildi.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” obʼyektlaridagi sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati boʻyicha monitoring nazorat tekshiruvi (4-bosqich) oʻtkazildi.
Jumladan, Buxoro va Navoiy viloyatlarida joylashgan “Buxoro neftni qayta ishlash zavodi” MCHJ, Gazli neft va gazni qazib chiqarish boshqarmasi, “Oʻzneftegazquduqtaʼmirlash” AJ, “Buxoro neft bazasi” MCHJ, “Oʻzneftgaz burgʻilash ishlari” MCHJ va Oʻzbekiston harbiylashtirilgan qismi boʻlinmalari, “Navoiy neft bazasi” MCHJ hamda ularning filiallarining sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holatlari oʻrganildi.
Avtozapravochnaya stantsiya v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda benzin qimmatlashdimi? Deputat Kusherbayev narxlarni oʻrganib chiqdi
Oʻtkazilgan 4-pogʻona nazorat tekshiruv natijalariga asosan sanoat xavfsizligi yoʻnalishida 101 ta, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi yoʻnalishida 53 ta, gaz xavfsizligi yoʻnalishida 8 ta, yongʻin xavfsizligi yoʻnalishida 41 ta, elektr xavfsizligi yoʻnalishida 17 ta, atrof-muhit muhofazasi yoʻnalishida 40 ta hamda xavfsizlik madaniyatini rivojlantirish va risk bilan ishlash yoʻnalishi boʻyicha 15 ta kamchiliklar aniqlandi.
Tekshiruv natijalariga koʻra, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muhofaza qilish va mehnat xavfsizligi holati boʻyicha bir qancha kamchiliklarga yoʻl qoʻygan 13 nafar xodimlarga chora koʻrildi va 19 nafar xodimlar ragʻbatlantirildi.
Monitoring jarayonida boshqarma va korxona mutaxassislariga ishlarni tashkillashtirish, sanoat va ekologiya xavfsizligi, sogʻliqni muxofaza qilish va mehnat xavfsizligi, energetika va mexanika yoʻnalishlarida amaliy yordam berilmoqda.
Oʻrganishlar natijasida yuzaga kelgan kamchilik va nomuvofiqliklarni bartaraf etish boʻyicha chora-tadbirlar tuzildi. Chora-tadbirlarning oʻz vaqtida bajarilishi yuzasidan boshqarma va korxonalar masʼul xodimlariga topshiriqlar berildi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala