Jamiyat

Oʻzbekiston boʻyicha 269ta radar oʻrnatish joylari savdoga chiqarildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Fotobankka oʻtishKamera fiksatsii narusheniy na doroge
Kamera fiksatsii narusheniy na doroge - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Respublika boʻyicha 269ta radar va kamera oʻrnatish joylari auktsion savdosiga qoʻyildi.
TOSHKENT, 8 okt - Sputnik. Oʻzbekiston boʻylab yana 269ta radar va kamera oʻrnatish joylari kim oshdi savdosiga qoʻyildi. Bu haqida "E-Auksion" sahifasi xabar qilmoqda.
Sahifada xabar qilinishiga koʻra, savdoga qoʻyilgan joylardan Toshkent viloyatida -72ta, Toshkent shahrida - 13ta, Andijonda - 16ta, Buxoroda - 43ta, Jizzaxda - 23ta, Qashqadaryoda - 12ta, Navoiyda - 7ta, Samarqandda - 9ta, Sirdaryoda - 21ta, Fargʻonada - 17ta, Xorazmda -1ta, Qoraqalpogʻistonda - 29ta.
"E-Auksion" sahiffasida keltirilgan maʼlumotga koʻra, radar va kamera oʻrnatish joylarining eng qimmat boshlangʻich narxi Toshkent viloyati Parkent tumanida - 25 mln. soʻm, Bekobodda - 11mln. soʻm va Boʻka tumanida - 9,8 mln soʻm. Eng arzonlari esa Qoraqalpogʻiston, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida - 735 ming soʻmdan.
Auktsionga qoʻyilgan lotlar boʻyicha arizalar qabul qilish muddati eng yangi lotlar boʻyicha - 1 noyabrgacha, eng eskilari boʻyicha 10 - oktyabrga qadar belgilangan.
Eslatib oʻtamiz, 4913-sonli prezident qaroriga muvofiq, 2021 yilning 1 martidan boshlab Oʻzbekistonda tadbirkorlarga radar va kameralar oʻrnatishga ruxsat berilgan. Ushbu qarorga muvofiq 2021-2022 yillarda respublika boʻyicha jami 3 356 ta intellektual videokameralar hamda 763 ta statsionar radarlar oʻrnatish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala