O‘zbekistonda etnosport assotsiatsiyasi tashkil etiladi - Aziz Abduhakimov

Aziz Abduxakimov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Assotsiatsiyaning yangi rahbari sifatida Oybek Norinboyev tanishtirilgan.
TOShKENT, 8 okt - Sputnik. O‘zbekistonda etnosport assotsiatsiyasi tashkil etildi. Bu haqda Bosh vazir o‘rinbosari - Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov "O‘zbekistonda etnosportning rivojlanish istiqbollari" xalqaro konferensiyasida e’lon qildi.
Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabari asosida.
"O‘zbekistonda bir necha oy davomida ustozlar, mutaxassislar va sportchilar bilan maslahatlashgan holda etnosport assotsiatsiyasi tashkil etishga qaror qildik. U Adliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazildi. Assotsiyatsiya xalqaro tashkilotlarga ham a’zo bo‘ladi", - deya Abduhakimov so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Sputnik muxbiri.
V Tashkente nachalsya Xotel biznes forum  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.03.2021
Turizm sohasi tez orada inqirozdan chiqib ketadi – Aziz Abduhakimov
Ta’kidlanishicha, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov va Butunjahon etnosport konfederatsiyasi raisi Nejmeddin Bilol Erdog‘an ishtirokidagi O‘zbekiston Milliy etnosport uyushmasini tuzish va tashkil etish to‘g‘risida rasmiy kelishuv imzolangan va assotsiatsiyaning raisi sifatida Oybek Norinboyev tanishtirilgan.
Tadbir doirasida Butunjahon etnosport konfederatsiyasi, uning raisi Bilol Erdog‘an vakilligida va yangi tashkil etilgan O‘zbekiston milliy etnosport uyushmasi, uning yangi rahbari Oybek Norinbayev vakilligida "Xalq o‘yinlarini rivojlantitish" va Federatsiyalar o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi, deb xabar bermoqda Sputnik muxbiri.
Yangiliklar lentasi
0