O‘zbekistonda yil boshidan buyon 78 milliard so‘mlik gaz o‘g‘irlandi

© Sputnik / Maksim Bogodvid / Mediabankka o‘tishSchetchik gaza
Schetchik gaza - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 67 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Energetika vazirligi mutaxassislari tomonidan 20-24 cyentabr kunlari o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan 67 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlandi.
Ushbu qisqa 4 kun ichida 1 million 379 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan. Taqqoslash uchun, ushbu hajmdagi tabiiy gaz hozirgi kunda 130 mingta xonadonning 1 kunlik gaz iste’molini tashkil qiladi.
Tri cheloveka pogibli v gorashem mebelnom sexu v Karshi - MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Samarqand viloyatida gaz portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi
Ushbu noqonuniy foydalanish holatlarining eng ko‘pi Xorazm, Farg‘ona va Toshkent viloyatlariga to‘g‘ri keladi.
Shu o‘rinda joriy yilning 9 oyida respublika bo‘yicha tabiiy gazdan jami 2 ming 535 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan.
Buning natijasida 86 million 923 ming kub metr yoki 77 milliard 877 million so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.
Taqqoslash uchun ushbu miqdordagi hajm hozirgi kunda 40 mingta xonadonning qariyb 1-yillik iste’molini tashkil etadi.
Yangiliklar lentasi
0