Dunyoda

"Putinga tiz choʻkish kerak": inglizlar Rossiya gazini olish usulini topishdi

© REUTERS / Gleb GaranichVentili na gazokompressornoy stantsii v sele Boyarka pod Kiyevom
Ventili na gazokompressornoy stantsii v sele Boyarka pod Kiyevom - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Express oʻquvchilari fikricha "Shimoliy oqim - 2"ning ishga tushirilishi YEIdagi gaz inqirozini yengishda yordam beradi
TOSHKENT, 8 okt –Sputnik. Britaniyaning Express nashri oʻquvchilari gaz inqirozi sharoitida Yevrokomissiya harakatlarini tanqid ostiga olishdi va yoqilgʻi bilan bogʻliq muammoga yechim topganini maʼlum qilishdi.
Nashr Yevropada gaz narxi yuqorilab ketishi tufayli yuz bergan inqirozga va Yevrokomissiya prezidenti Ursula fon der Lyayenning qiyinchiliklarni yengishga qaratilgan harakatlariga bagʻishlangan maqolani chop etgan. Maqola gazeta oʻquvchilari oʻrtasida qizgʻin munozaralarga sabab boʻldi.
Kompressornыe stantsii Kazachya i Russkaya v Krasnodarskom kraye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 24.09.2021
Kolumnistlar
Yevropa Rossiyani "sovuq eksportida" ayblamoqda
"Rossiya oʻz eʼtiborini soʻnib borayotgan Yevropa Ittifoqiga emas, balki jadal rivojlanayotgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasiga qaratmoqda. O, Xudo, Bryussel bugun ahamiyatsiz kuchga aylanib qolgan", - deya fikr bildirgan Freedom now.
"Bu fon der Lyayen deganlari Putin oldida tiz choʻksin", - degan FoxyStar.
"Rossiya qishi Yevropadagi eng qattiq qishlardan biri, uylarni isitish uchun unga gaz kerak. YEI esa uylarni oʻzining quruq safsatalari bilan isitishi mumkin", - deya iddao qiladi Pished.Artist.
"Savolning javobi juda oddiy: "Shimoliy oqim - 2"ni sertifikatlang, Yevropaga gaz yetkazib berish bilan bogʻliq muammolarni hal qilishning birgina yoʻli shu", - deydi Linguist.
P/k po sluchayu nachala predsedatelstva Bolgarii v Sovete Yevropeyskogo Soyuza - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Dunyoda
YEI gaz narxi sababli Rossiyaga ogohlantirish berdi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin chorshanba kuni energetika boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi, unda Yevropa gaz bozoridagi narxlarga katta eʼtibor qaratildi. Xususan, davlat rahbari "Gazprom" shartnoma majburiyatlarini bajarayotgani va bajarishda davom etishini taʼkidladi. Shu bilan birga, u bozorda, masalan, Sankt -Peterburg fond birjasida taklifni ehtiyotkorlik bilan oshirish imkoniyatlarini koʻrib chiqishga chaqirdi.
Gollandiyaning TTF indeksiga koʻra, Yevropaning koʻk yoqilgʻi bozoridagi hozirgi narxi chorshanba kuni rekord qiymatga yetdi - har ming kubometr uchun 1937dollarni tashkil etdi, biroq payshanba kuni tusha boshladi va 1000 dollardan pastga tushib ketdi. Shundan soʻng, gaz narxi biroz koʻtarildi va Moskva vaqti bilan 18.00 da 1161 dollarga baholandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala