Migratsiya

Qancha oʻzbekistonlik Rossiyada “kosmik ish”ga jalb qilinadi

© Sputnik / Evgeny BiyatovStart raketы-nositelya "Soyuz-2.1a" s kosmicheskimi apparatami (KA) distantsionnogo zondirovaniya Zemli "Kanopus-V" №3 i №4, i s 9 kosmicheskimi kommercheskimi apparatami s kosmodroma "Vostochnыy"
Start raketы-nositelya Soyuz-2.1a s kosmicheskimi apparatami (KA) distantsionnogo zondirovaniya Zemli Kanopus-V №3 i №4, i s 9 kosmicheskimi kommercheskimi apparatami s kosmodroma Vostochnыy - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Kosmodrom qurilishida qancha oʻzbekistonlik ishlashi haqida maʼlumot berdi.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Pilot loyiha boʻyicha oʻzbekistonlik quruvchilarining qariyb 10 foizi "Vostochniy" kosmodromi qurilishida ishtirok etadi.
Bu haqda Rossiya qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vaziri Irek Fayzullin maʼlum qildi.
"Men hozir aniq raqamni eslay olmayman, lekin ular taxminan 10 ming kishilar orasida 1 mingga yaqini belgilandi. Ikki kompaniya - PSO “Qozon” va “Krocus” kosmodromda qurilish olib bormoqda”, - dedi Fayzullin.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Rossiya
Toliblarni Afgʻoniston boʻyicha muzokara oʻtkazish uchun Moskvaga taklif qilishdi
Iyul oyi oxirida 140 nafarga yaqin oʻzbekistonlik Amur viloyatidagi "Vostochniy" kosmodromi qurilish ishlariga ketdi.
Kuni kecha yana yuz nafardan ortiq kishi joʻnab ketdi.
"Toshkent va Samarqanddan tanlov va tibbiy koʻrikdan muvaffaqiyatli oʻtgan respublikaning 107 nafar fuqarosi Rossiyaning Amur viloyatidagi kosmodrom qurilish maydonchalariga ishlash uchun joʻnab ketdi", - deyilgan Tashqi migratsiya agentligi xabarida.
Fuqarolarni ish joyiga yetib borish (transport), ishlash uchun ruxsatnomasi (patent) va ovqatlanish xarajatlari ish beruvchi tomonidan qoplanadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala