Samarqand viloyatida gaz portlashi oqibatida bir kishi jarohatlandi

© Press-slujba UChS Kashkadarinskoy oblastiTri cheloveka pogibli v gorashem mebelnom sexu v Karshi - MChS
Tri cheloveka pogibli v gorashem mebelnom sexu v Karshi - MChS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Obuna bo‘lish
FVV Kattaqo‘rg‘on shahrida yuz bergan havo-gaz aralashmasi chaqnashi yuzasidan ma’lumot berdi.
TOShKENT, 8 okt — Sputnik. Bugun soat 04:50 da Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on shahar “Ko‘xnadam” MFY Toshkent ko‘chasida joylashgan uylarning birida havo-gaz aralashmasining chaqnashi sodir bo‘lganligi to‘g‘risida Kattaqo‘rg‘on shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.
Na Kubani avtobus s rabochimi upal v more - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 14.08.2021
FVV aksariyat hollarda cho‘kib ketishiga nima sabab bo‘lishini aytdi
Shunga ko‘ra, 2ta yong‘in-qutqaruv guruhi soat 04:55 da hodisa joyiga yetib borgan. Havo-gaz aralashmasining chaqnashidan ushbu xonadonga mehmon bo‘lib kelgan 1982-yilda tug‘ilgan A.A (erkak kishi) kuyish tan jarohati olib, Kattako‘rg‘on shahar Tibbiyot birlashmasiga yuborilgan. Shifokorlar tomonidan A.Aning yuzi, bo‘yni ko‘krak oldi, ikkala qo‘l sohasi termik kuyish tashhisi qo‘yilgan va umumiy kuyish sathi 50% tan jarohati olganligini ma’lum qilingan.
Voqea kelib chiqishining taxminiy sababi, xonadonga yaqin yer ostidan o‘tgan tabiiy gaz quvuridan sizib chiqqan gazning uyiga to‘planishi natijasida chaqnash yuzaga kelgan.
Hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va boshqa tegishli idoralarning kuch hamda vositalari jalb qilinib, vaziyat oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borildi.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0