Dunyoda

Ukraina Turkiy kengashga qoʻshilmoqchi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishGoroda mira. Kiyev
Goroda mira. Kiyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Ukraina Turkiy Kengashga kuzatuvchi sifatida kirishni istamoqda.
TOSHKENT, 8 okt — Sputnik. Ukraina Turkiy Kengashga kuzatuvchi sifatida kirishni istamoqda.
Bu haqda Turkiya tashqi ishlar vaziri ukrainalik hamkasbi bilan uchrashuvidan soʻng maʼlum qildi.
Turkiy Kengash turkiyzabon davlatlarni - Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Oʻzbekistonni birlashtiradi. Uning ishi toʻrtta asosiy tamoyilga asoslangan: umumiy tarix, til, oʻziga xoslik va madaniyat.
Molodoy chelovek na fone ukrainskogo flaga - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 25.08.2021
Kolumnistlar
Ukraina: inqiroz yubileyi
Avvalroq Ukraina Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Emine Japarova Ukraina - turk madaniyatining merosxoʻri ekanligini aytgandi.
Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi turk dunyosi mamlakatlari muloqoti va hamkorligini rivojlantirish uchun tashkil etilgan xalqaro platformadir. Turkiy tilli davlatlar hamkorlik Kengashi xalqaro hukumatlararo tashkilot boʻlib, faoliyatining asosi turkiy tilli mamlakatlar oʻrtasida doʻstlik va qoʻshnichilikni mustahkamlash, hududda va jahonda tinchlikni saqlash, xavfsizlik va oʻzaro ishonchni mustahkamlashga qaratilgan.
2009 yilning 3 oktyabrida Ozarboyjonning Naxichevan shahrida Turkiya, Ozarbayjon, Qozogʻiston va Qirgʻizistondan iborat toʻrt davlat ishtirokida Turkiyzabon davlatlarning hamkorlik kengashi tuzilgani eʼlon qilingan boʻlib, uning faoliyati printsiplari 2016 yil 16 sentyabrdagi Istanbul deklaratsiyasida eʼlon qilingan.
2019 yilning kuzida tashkilotga Oʻzbekiston ham aʼzo boʻlgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala