Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Afgʻon masjididagi portlash: Oʻzbekiston reaktsiyasi

© AFP / -Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Oʻzbekiston TIV Qunduz shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati yuzasidan bayonot berdi.
TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi qoʻshni respublikada yuz bergan terakt yuzasidan bayonot berdi.
“Oʻzbekiston shu yilning 8 oktyabrida Afgʻonistonning Qunduz shahrida juma namozi paytida koʻplab qurbonlarni keltirib chiqargan terrorchilik harakatini keskin qoralaydi.
Bunday zoʻravon harakatlar Afgʻonistonda barqaror va uzoq muddatli tinchlik va milliy kelishuvni oʻrnatishga toʻsqinlik qiladi.
© AFP / -Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz
Oʻzbekiston hukumati ushbu gʻayriinsoniy hujumda halok boʻlganlar va jarohatlanganlarning oilalariga chuqur hamdardlik va taʼziya izhor etadi”, - deyilgan TIV bayonotida.
© AFP / -Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz
Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Terakt vo vremya pyatnichnoy molitvы v afganskom gorode Kunduz
Kuni kecha Qunduz shahrida joylashgan shiya masjidida kuchli portlash sodir boʻldi. Terakt oqibatida 46 kishi halok boʻldi, 143 kishi jarohatlandi.
“Tolibon”* harakati vakili Zabiulla Mujohidning soʻzlariga koʻra, portlash joyiga spetsnaz kuchlari yetib kelgan, surishtiruv olib borilmoqda. OAV harakatning mahalliy vakiliga tayanib, portlashni xudkush terrorchi tomonidan amalga oshirilgani haqida xabar qildi.
Mudhish qotillik uchun javobgarlikni “Islom davlati”ga kiruvchi "Viloyati Xuroson”* oʻz zimmasiga oldi.
* Rossiyada taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala