Jamiyat

“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qilindi: asosiy vazifalar

© Sputnik / Tabыldы KadыrbekovMujchina s portfelem
Mujchina s portfelem - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
“Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qildi.
TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Guliston shahar hokimligi 24 ta mahallada “Hokim yordamchisi” lavozimiga ochiq tanlov eʼlon qildi.
“Endilikda “mahallabay” ishlash tizimini keyingi bochqichga olib chiqish mahallaning oʻzida turib, barcha masalalarni hal qilish choralarini koʻrish faoliyati bilan shugʻullanish maqsadida respublikada ilk marotaba tajriba tariqasida “Hokim yordamchisi” lavozimi joriy etilmoqda”, - deyilgan eʼlonda.
Oylik maosh kamida 4 million soʻm.
Pismennыe prinadlejnosti - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 30.09.2021
Jamiyat
Hokimiyat vakiliga qarshilik koʻrsatganlik uchun javobgarlik kuchaytiriladi
Asosiy talablar: har bir mahallaga oliy maʼlumotli, iqtisodiyot sohasida kamida 2 yil mehnat stajiga ega boʻlgan, mahallaning shart-sharoitini yaxshi biladigan, tadbirkorlikni rivojlantirish, fuqarolarning biznes loyiha va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash tajribasiga ega boʻlishi lozim.
“Hokim yordamchisi”ning asosiy vazifalari:
— “Xonadonbay” soʻrovlar oʻtkazish orqali mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish “portreti”ni ishlab chiqish;
— Mahallaning ixtisoslashuvi va “oʻsish nuqtalari”dan kelib chiqqan holda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish choralarini koʻrish, ishsiz aholini kasb-hunarga oʻqitish, ishga joylashish istagini bildirgan ishsizlarni bandligini taʼminlash va aholini oʻzini oʻzi band qilishga koʻmaklashish;
Studentka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 20.09.2021
Jamiyat
Har bir viloyat hokimligi 100 nafar xotin-qizlar kontraktini toʻlab beradi
— “Ijtimoiy shartnoma” tizimi orqali tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan fuqarolarga, jumladan ayollar va yoshlarga kredit hamda subsidiyalar ajratish;
— Tadbirkorlik subʼyektlarining biznes loyihalarini amalga oshirishga koʻmaklashish, mavjud muammolarini “mijozbay” oʻrganish hamda hal etish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirishga amaliy yordam koʻrsatish, mavjud instrument va resurslardan samarali foydalanishni tashkil etish;
— Hududiy va investitsiya dasturlariga takliflar ishlab chiqish hamda mahallaning rivojlanishiga doir dasturlar ijrosini nazorat (monitoring) qilish;
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala