Jamiyat

Hududlarda 310 ta yangi avtobus yoʻnalishlari tashkil etiladi

© Ministerstvo transporta UzbekistanaMejdu Ferganoy i Kokandom zapuщeno avtobusnoye soobщeniye
Mejdu Ferganoy i Kokandom zapuщeno avtobusnoye soobщeniye - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
“Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. “Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bogʻlaydigan jami 310 ta yangi avtobus yoʻnalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.
Avtobusы marki Zhongtong - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 15.08.2021
Jamiyat
Andijon uchun 70 ta zamonaviy avtobus xarid qilinadi
Tijorat asosida yoʻlovchilar tashish xizmatini koʻrsatadigan va bunga maxsus ruxsatnomasi (litsenziyasi) boʻlgan yuridik shaxslar (tashuvchilar) tomonidan shahar atrofi yoki viloyat ichidagi shaharlararo avtobus yoʻnalishida koʻriladigan zarar miqdori 30 foizgacha (30 foiz ham shu jumlaga kiradi) boʻlgan yoʻnalish norentabel avtobus yoʻnalishi boʻlib hisobga olinadi, Toshkent shahri bundan mustasno.
Tashuvchilarga norentabel yoʻnalishlar boʻyicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
Qarorga koʻra, Tadbirkorlik faoliyatini qoʻllab-quvvatlash davlat jamgʻarmasi tomonidan:
- tijorat banklarining Yangilash paramertlari doirasida avtobus va mikroavtobus xaridi uchun ajratiladigan kreditlar boʻyicha kredit summasining 50 foizigacha (50 foiz ham shu jumlaga kiradi), biroq 8 mlrd soʻmdan ortiq boʻlmagan miqdorda kafillik beriladi;
- tashuvchilarga ajratilgan kredit foiz stavkasining 5 foizdan ortiq boʻlmagan qismi qoplab beriladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala