Moskvada zaharlangan o‘zbek migrantlari haqida ma’lumot berildi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishSkoraya pomosh
Skoraya pomosh - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Obuna bo‘lish
Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog‘liq holat yuzasidan ma’lumot berildi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog‘liq holat yuzasidan Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi ma’lumot berdi.
Moskva shahridagi xostellardan birida mehnat migrantining vafot etgani bilan bog‘liq holat O‘zbekiston Respublikasi diplomatik organlari va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi tomonidan nazoratga olingan.
Olingan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, shifoxonaning jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan 3 nafar fuqaroning ahvoli qoniqarli.
Start raketi-nositelya Soyuz-2.1a s kosmicheskimi apparatami (KA) distansionnogo zondirovaniya Zemli Kanopus-V №3 i №4, i s 9 kosmicheskimi kommercheskimi apparatami s kosmodroma Vostochniy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.10.2021
Qancha o‘zbekistonlik Rossiyada “kosmik ish”ga jalb qilinadi
Ushbu holatlar bo‘yicha tergov tadbirlari rasmiy xulosasi olingach qo‘shimcha ma’lumot beriladi.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Amur viloyatidagi gazni qayta ishlash zavodida yuz bergan portlash va uning oqibatida yuzaga kelgan yong‘in yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Vladivostok shahridagi bosh konsulxonasi va Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining Moskva shahridagi vakolatxonasi xodimlari tegishli tashkilotlar vakillari bilan tezkor aloqa o‘rnatdi.
Huquq tartibot idoralari taqdim etgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu fojea oqibatida jabrlanganlar orasida O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari yo‘q.
Yangiliklar lentasi
0