Hodisalar

“Navoiyazot” yaqinida oʻtgan daryoda baliqlar yoppasiga zaharlanib, nobud boʻldi - foto

© Press-slujba Goskomekologii RUzMassovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Zarafshon daryosining baliqlari ommaviy ravishda nobud boʻlgani aniqlandi.
TOSHKENT, 9 okt — Sputnik. Navoiy viloyatidan oʻtgan Zarafshon daryosining baliqlari ommaviy ravishda nobud boʻlgani aniqlandi. Bu haqda Davlat ekologiya qoʻmitasi xabar qildi.
Analitik laboratoriya masʼul xodimlari, Karmana tumani Ekologiya inspektsiyasi davlat inspektorlari, viloyat Veterinariya laboratoriyasi va “Navoiyazot”ning Sanitar laboratoriyasi mutaxassislari daryoning 5 ta nuqtasidan tahlil namunalari olindi.
Natijada azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan meʼyorlardan yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligi aniqlandi.
Dastlabki oʻrganish-surishtiruv ishlari davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala