"Rossiya migrantlari": o‘zbekistonlik qiz go‘zallik tanlovi g‘olibasi bo‘ldi - video

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishPobeditelnitsa konkursa "Miss Federatsiya migrantov Rossii 2021" Rushana Karimova
Pobeditelnitsa konkursa Miss Federatsiya migrantov Rossii 2021 Rushana Karimova - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.10.2021
Obuna bo‘lish
"Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Bugun "Miss Rossiya migrantlar federatsiyasi" go‘zallik tanlovining final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni Rossiya migrantlar federatsiyasi @fmr_online tashkil etdi.
Final bosqichida Rossiya, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistondan jami 10 nafar qiz qatnashdi.
Birinchi o‘rinni o‘zbekistonlik Rushana Karimova egalladi.
U Moskva moliya-yuridik universitetida tahsil olish sertifikati bilan taqdirlandi.
Migrant ayollar o‘rtasida har yili o‘tkaziladigan go‘zallik tanlovi ikkinchi marta o‘tkazilmoqda. O‘tgan yili tojikistonlik Fotima Kaladorova g‘olib bo‘lgandi, "vitse-miss" unvoni Rossiya Tuva Respublikasidan Diana Badirgi qo‘lga kiritdi, “tomoshabinlar e’tirofi” esa qirg‘izistonlik Kamila Polotbekovaga nasib qildi.
Yangiliklar lentasi
0