Rossiya AQSh harbiy kuchlarini MO davlatlarida joylashtirilishiga qarshi - Lavrov

Obuna bo‘lish
Moskva AQSh va G‘arbning harbiy infratuzilmasini Afg‘onistondan Markaziy Osiyo davlatlariga o‘tkazilishiga qat’iy ravishda qarshi - Sergey Lavrov.
TOShKENT, 9 okt — Sputnik. Moskva AQSh va G‘arbning harbiy infratuzilmasini Afg‘onistondan Markaziy Osiyo davlatlariga o‘tkazilishiga qat’iy ravishda qarshi. Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Rossiyada bo‘lib o‘tgan Yevropa biznes uyushmasi (AYeB) vakillari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.

Biz doimo g‘arblik hamkasblarimizga eslatamiz - biz Afg‘onistondan harbiy infratuzilmani yoki amerikaliklar aytganidek, agar kerak bo‘lsa, ufq ortidan Afg‘onistonga zarba berish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun Markaziy Osiyo respublikalarida yangi harbiy infratuzilmani joylashtirilishiga qarshimiz

Glava MID RF Sergey Lavrov  - Sputnik O‘zbekiston
Sergey Lavrov
RF Tashqi ishlar vaziri
Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday "xizmat" ko‘rsatadigan mamlakatlar darhol terrorchilar uchun nishonga aylanadi.

Afg‘onistondagi vaziyat

"Tolibon"* hukumat kuchlariga hujumni faollashtirib, 15-avgust kuni Kobulga kirib borishdi va ertasi kuni urush tugagani e’lon qildi.
Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani "qirg‘in-barotni oldini olish maqsadida" mamlakatni tark etganini bildirdi.
31 avgustga o‘tar kechasi Amerika harbiylari Kobul aeroportini tark etib, bu bilan AQShning Afg‘onistondagi 20-yillik mavjudligiga nuqta qo‘ydi.
Oltinchi sentabr kuni toliblar Afg‘onistonning 34 viloyatidan eng so‘nggisi - Panjsher ular nazoratiga o‘tganini e’lon qildi. Ko‘p o‘tmay ular Afg‘oniston muvaqqat hukumatining yangi tarkibi e’lon qilishdi.
* Rossiya va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti.
Yangiliklar lentasi
0