Rossiya va Mo‘g‘uliston harbiylari “dushman” dronlarini yakson qildi - video

Obuna bo‘lish
Rossiya va Mo‘g‘uliston harbiylari havo hujumlariga qarshi turishni mashq qildi.
Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi Rossiya va Mo‘g‘ulistonning "Selenga-2021" qo‘shma mashg‘ulotlari aks etgan kadrlarni e’lon qildi.
Mashqlar Mo‘g‘ulistonning Doityn Am poligonida bo‘lib o‘tdi. U yerdagi tog‘li-dashtli hududning iqlim sharoiti tufayli yanada murakkablashadi.
Birinchi marta ikki mamlakat harbiy xizmatchilari birgalikda pilotsiz uchar qurilmalariga qarshi kurashni mashq qildi.
Jangovar harakatlar ishtirokchilari shartli raqibning o‘ndan ortiq dronlarini yo‘q qilishdi.
Yangiliklar lentasi
0