Sport

Oʻzbekistonlik yosh ogʻir atletikachi qizlar JChda 4 ta medalni qoʻlga kiritishdi

© Press-slujba NOK UzbekistanaNigora Suvonova i Sevinchoy Komilova zavoyevali 4 medali na chempionata mira po tyajyoloy atletike sredi yuniorov v Saudovskoy Aravii
Nigora Suvonova i Sevinchoy Komilova zavoyevali 4 medali na chempionata mira po tyajyoloy atletike sredi yuniorov v Saudovskoy Aravii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Saudiya Arabistonidagi ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigora Suvonova hamda Sevinchoy Komilova shohsupaga koʻtarilishdi.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Saudiya Arabistonida oʻtkazilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Nigora Suvonova hamda Sevinchoy Komilova 4 ta medalga sazovor boʻlishdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar qilmoqda.
-71 kg vazn toifasida ishtirok etgan Suvonova dast koʻtarish mashqida 92 kg natija koʻrsatdi va oʻz hisobiga kumush medalni yozib qoʻydi. Siltab koʻtarish mashqida har ikkala Oʻzbekiston vakilasi shohsupaga koʻtarildi. Suvonova bu gal ham ikkinchi natijani qayd etgan boʻlsa, Komilova bronza medalini qoʻlga kiritdi.
© Press-slujba NOK UzbekistanaNigora Suvonova i Sevinchoy Komilova
Nigora Suvonova i Sevinchoy Komilova  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Nigora Suvonova i Sevinchoy Komilova
Ikki kurash yakuni boʻyicha Suvonova kumush medalni oʻziniki qildi. Afsuski, bronza medali sohibasi bilan bir xil natija qayd etgan Komilova polshalik sportchidan keyin ushbu natijaga yetib kelgani uchun toʻrtinchi oʻrin bilan kifoyalandi.
Oʻsmirlar oʻrtasida JCH, Jidda.
Qizlar, -71 kg:
1. Zarina Gusalova (Rossiya) – 226 (103+123) kg;
2. Nigora Suvonova (Oʻzbekiston) – 206 (92+114) kg;
3. Martina Dolega (Polsha) – 195 (88+107) kg;
4. Sevinchoy Komilova (Oʻzbekiston) – 195 (84+111) kg.
Diyorbek Ermatov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 08.10.2021
Sport
Ogʻir atletikachi Diyorbek Ermatov JChda oltin medalni qoʻlga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala