Jamiyat

Adliya vazirligi: hokimiyat vakillariga qarshilik koʻrsatish holati koʻpaygan

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovNatsionalnaya gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu
Natsionalnaya  gvardiya i sotrudnik Vnutrennix del na postu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Adliya vazirligi axborot xizmati rahbarining taʼkidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tajovuz kayfiyati ham ortgan.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekistonda soʻnggi yillarda hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik koʻrsatish jinoyatlarining soni oshgan. Bu AOKAda oʻtkazilgan brifingda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Oʻrinboyeva maʼlum qildi.
"Statistikaga eʼtibor beradigan boʻlsak, soʻnggi yillarda hokimiyat vakiliga nisbatan faol qarshilik koʻrsatish jinoyatlarining soni oshgan, jumladan 2019 yilda – 243 tani, 2020 yilda esa 251 tani tashkil etgan. Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlariga tajovuz kayfiyati ham ortib, 2018 yildagi 24,1 ming holat sodir etilgan boʻlsa, 2020 yilda 39 ming holatni tashkil qilmoqda”, - dedi Oʻrinboyeva.
Shu bilan birga, u oʻz xizmat burchini yaxshi bilmaydigan, fuqarolarga nisbatan qoʻpol muomalada boʻladigan hokimiyat vakillari borligini inkor qilmadi. Bunday hokimiyat vakillari tegishli tartibda jazosini olishlari lozim.
“Agarda fuqarolar shunday holatlarga duch kelishsa, yaʼni hokimiyat vakili tomonidan unga nisbatan qoʻpol muamala qilinsa yoki huquq va erkinliklari buzilsa, ushbu holat boʻyicha sudga yoxud boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organga murojaat qilish huquqiga egadir”, - deya qoʻshimcha qildi vazirlik vakili.
Molodoy chelovek v naruchnikax - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 28.09.2021
Hodisalar
Surxondaryoda YPX xodimini kapotida sudragan haydovchi hibsga olindi
Taʼkidlanishicha, oxirgi vaqtlarda ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik holatlari ham sezilarli daraja oshib bormoqda. IIO xodimlarining qonuniy talablariga quyidagilar kiradi:
huquqbuzarlikni toʻxtatish;
hujjatlarni tekshirish uchun taqdim etish;
ichki ishlar organlariga borish yoki koʻrsatilgan muddatda ichki ishlar organlarida boʻlish;
transport vositasini toʻxtatish;
jabrlanuvchilarga yordam koʻrsatish va oʻz xizmat vazifasida belgilab qoʻyilgan boshqa talablar.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik uchun belgilangan javobgarlik choralari kuchaytirildi. Endi bunday harakatlarni sodir etgan shaxslar jarimadan tortib 3 yilgacha qamalishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala