Dunyoda

Avstriya tarixidagi eng yosh kantsler Sebastyan Kurts isteʼfoga chiqishini eʼlon qildi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishKantsler Avstrii Sebastyan Kurts
Kantsler Avstrii Sebastyan Kurts - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Sebastyan Kurts oʻziga qarshi olib borilayotgan korruptsiya ayblovi boʻyicha surishtiruv sabab isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Avstriya kantsleri Sebastyan Kurts oʻziga qarshi olib borilayotgan korruptsiya ayblovi boʻyicha surishtiruv sabab isteʼfoga chiqishini maʼlum qildi. Bu haqda u 9 oktyabrdagi matbuot anjumanida maʼlum qildi.

“Hozir barqaror munosabatlar lozim, shu bois ilojsizlik vaziyati, xaosning oldini olish va barqarorlikni taʼminlash uchun chetga oʻtib turmoqchiman. Men Xalq partiyasi jamoasidan ishni albatta davom ettirishni iltimos qildim”, - dedi Kurts.

RIA Novostining xabar qilishicha, Sebastyan Kurts mamlakat ichki ilar vazirligi rahbari Aleksandr Shallenbergni oʻzini vorisi sifatida taklif qilgan.
Kurts bunday qaror qabul qilish unga oson boʻlmanini tushuntirdi. U lavozimidan ketib, Avstriya xalq partiyasi raisi boʻlib qoladi va uning parlamentdagi fraktsiyasiga rahbarlik qilishda davom etadi.
6 oktyabr kuni Avstriyaning iqtisodiyot va korruptsiya ishlari boʻyicha prokuraturasi 35 yoshli Kurts va uning atrofidagi toʻqqiz kishiga qarshi korruptsiya ishi doirasida surishtiruv olib borayotganini tasdiqladi. Muxolifat kantslerni isteʼfoga chiqarishni talab qildi. Kurtsning oʻzi qoʻyilgan ayblovlarni rad etmoqda.
OAV Kurtsni, ehtimol, u mahalliy nashrlardan biriga oʻzining faoliyatini ijobiy yoritish uchun byudjet pullarini berganlik aylashayotgan boʻlishlarii mumkinligi haqida yozmoqda.
Sebastyan Kurts 2017 yil 18 dekabrida Avstriya kantsleri etib tayinlagan edi. Bu lavozimni egallagach, mamlakat tarixidagi eng yosh kantsler boʻlgandi.
Vыborы v parlament Germanii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 26.09.2021
Dunyoda
Germaniyada parlament saylovlarida ovoz berish boʻlib oʻtmoqda
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala