Dunyoda

JSST bezgakka qarshi dunyodagi birinchi vaktsinani maʼqulladi

© AFP / CRISTINA ALDEHUELAVOZ vpervыe v istorii odobrila ispolzovaniye vaktsinы ot malyarii RTS,S/AS01
VOZ vpervыe v istorii odobrila ispolzovaniye vaktsinы ot malyarii RTS,S/AS01  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Bu vaktsinani ishlab chiqishga 30 yil ketgan. Uning klinik tadqiqotlarida Gana, Keniya va Malavidagi 800 mingdan ziyod bola qatnashgan.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti (JSST) tarixda ilk bor bezgakka qarshi RTS,S/AS01 vaktsinadan foydalanishni maʼqulladi. Bu haqda tashkilot saytida xabar qilindi.
Vaktsinaning klinik tadqiqotlarida Gana, Keniya va Malavida oʻtkazilgan. Unda 800 mingdan ziyod bola qatnashgan.
“Bu tarixiy on. Uzoq kutilgan bolalar uchun bezgakka qarshi vaktsina – bu fan, bolalar salomatligi va bezgak ustidagi nazorat uchun yutuqdir”, - dedi JSST bosh direktori Tedros Adanom Gebreyesus.
U RTS,S/AS01 vaktsinasining bu xavfli kasallikka qarshi kurashishda boshqa vositalar bilan birgalikda qoʻllanishi “har yili oʻn minglab hayotlarni saqlab qolishi mumkinligini” taʼkidladi.
Bezgak (malyariya) – odamlarga chivin chaqishi orqali yuqadigan yuqumli kasallik. Kasallikni Plasmodium turidagi parazitlar qoʻzgʻatadi. U oʻzi bilan isitma, titroq, jigar va taloq shishishini olib keladi.
Setki ot komarov pomogayut borotsya s malyariyey - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 05.04.2019
Jamiyat
Oʻzbekiston bezgakdan xoli davlat sifatida tan olindi
JSST hisob-kitoblariga koʻra, barcha turdagi bezgaklar Yer sharining 220 mlnga yaqin aholisini kasallantiradi. 2019 yilda bu kasallikdan 400 mingga yaqin kishi vafot etgan, ulardan 260 ming nafari – bu Sahroi Kabirdan janubroqdagi mamlakatlarda yashaydigan besh yoshgacha boʻlgan bolalar.
RTS,S/AS01 vaktsinasi bezgakning eng xavflisi – parazit Plasmodium falciparum ga qarshi kurashadi. Bu vaktsinani 30 yil ishlab chiqishgan.
Vaktsina 39 foiz hollarda infektsiyaning oldini olgan va 29 foiz hollarda kasallikning ogʻirlashish ehtimolini kamaytirgan. Ammo bezgakka qarshi dorilar bilan birgalikda vaktsinaning jiddiy kasallik va oʻlimga qarshi samaradorligi 70 foizgacha oshgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala