Jamiyat

“Navoiyazot” Zarafshondagi baliqlar yoppasiga nobud boʻlishiga oid qoʻyilgan ayblovni rad etdi

© Press-slujba Goskomekologii RUzMassovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Avvalroq “Navoiyazot” yaqinida oʻtgan Zarafshon daryosida baliqlar yoppasiga zaharlanib, nobud boʻlgani xabar qilingan edi.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. “Navoiyazot” AJ Zarafshon daryosida baliqlar nobud boʻlishida korxonaga qoʻyilayotgan ayblovlar yuzasidan maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, korxonaga qarashli 267-quduq orqali Zarafshon daryosiga tashlanma suvlar laboratoriya tahlillaridan keyin yuboriladi va ular ekologik talablarga javob beradi. Ular asosan ishlab chiqarish maydonlaridagi yomgʻir oqava suvlari, sovutuvchi suv aylanish tizimi va isitish qozonlarini tozalashdagi suvlardan iborat.
“Korxona sanitariya laboratoriyasi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida muntazam ravishda oqava suvlardan tahlil namunalari olinadi va mutaxassislar tomonidan nazorat qilinadi”, - deyilgan xabarda.
Xabarda yozilishicha, Zarafshon daryosi nafaqat “Navoiyazot”, balki viloyatning turli sanoat va boshqa ishlab chiqarish komplekslaridan, shu jumladan, baliqchilik xoʻjaliklaridan hosil boʻlgan barcha oqava suvlarini qabul qiluvchi havza hisoblanadi.
Massovыy zamor rыbы proizoshel na uchastke reki Zarafshan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 09.10.2021
Hodisalar
“Navoiyazot” yaqinida oʻtgan daryoda baliqlar yoppasiga zaharlanib, nobud boʻldi - foto
Hozirda “Navoiyazot” mutaxassislari viloyat ekologik nazorati mutaxassislari bilan birgalikda barcha oqava suvlarning nazorat tahlillari olib borilmoqda. Jamiyat rahbariyati tomonidan tegishli choralar koʻrilyapti.
Avvalroq “Navoiyazot” yaqinida oʻtgan Zarafshon daryosida baliqlar yoppasiga zaharlanib, nobud boʻlgani xabar qilingan edi.
Davlat ekologiya qoʻmitasi daryoning 5 ta nuqtasidan olingan tahlil namunalarida azot ammoniy 21 marotaba, azot nitrat 2,6 marotaba, azot nitrit 60 marotaba, xloridlar 1,3 marotaba, mis ionlari 2,1 marotaba belgilangan meʼyorlardan yuqoriligi hamda daryoda yoppasiga zaharlanish yuzaga kelganligini aniqladi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala