Sport

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi Malayziyani yirik hisobda magʻlub etdi

© Assotsiatsiya futbola UzbekistanaSbornaya Uzbekistana po futbolu
Sbornaya Uzbekistana po futbolu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Ammanda kechgan oʻrtoqlik oʻyinida “oq boʻrilar” raqibni 5:1 hisobda magʻlubiyatga uchratdi.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. 9 oktyabr kuni futbol boʻyicha Oʻzbekiston va Malayziya terma jamoalari oʻrtasida oʻrtoqlik oʻyini boʻlib oʻtdi.
Iordaniya poytaxti Ammanda kechgan bahsda “oq boʻrilar” raqibni 5:1 hisobda magʻlubiyatga uchratdi.
Oʻyinning birinchi boʻlimida Dostonbek Hamdamov oʻz dublini nishonlandi. Shuningdek, shu kuni terma safida oʻz debyutini oʻtkazgan Husayn Norchayev 33-daqiqaga kelib, hisobni 3:0 koʻrinishga olib keldi. Birinchi boʻlimga qoʻshib berilgan daqiqalarda malayziyaliklar oradagi farqni bittaga qisqartirishga muvaffaq boʻlishdi.
Ikkinchi boʻlimda ham Srechko Katanets shogirdlari qator hujumlar uyushtirib, imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanishdi. Zaxiradan oʻyinga qoʻshilgan Ibrohimxalil Yoʻldoshev va Azizbek Omonov oʻz hisoblariga bittadan gol yozdirib qoʻyishdi.
Glavnыy trener sbornoy Uzbekistana po futbolu Srechko Katanets - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.09.2021
Sport
Kuchli jamoa qurish uchun yillar kerak – Katanets
Shu tariqa Oʻzbekiston terma jamoasi Iordaniyadagi ilk oʻrtoqlik uchrashuvida gʻalaba qozondi. Endilikda terma jamoaning keyingi bahsi 12 oktyabr kuni Ammandagi “Amman International Stadium” stadionida mezbon Iordaniyaga qarshi boʻlib oʻtadi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala