Turizm

Oʻzbekiston Yangi yilni nishonlash uchun eng jozibali mamlakatlar beshligiga kiritildi

© Pixabay / Eak K.Novogodnyaya yelka
Novogodnyaya yelka - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Polsha nashri reytingida Oʻzbekiston Shvetsiya va Avstriyadan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekiston yangi yil bayramlarini nishonlash uchun eng jozibali joylar beshligiga kiritildi. Reytingni Polshaning Gazeta.pl nashri tuzgan.
Oʻzbekiston Shvetsiya va Avstriyadan keyin uchinchi oʻrinni egallagan.
Nashr Oʻzbekiston Sharqning mashhur durdonasi va Osiyodagi eng mashhur sayyohlik joylaridan biri ekanligini qayd etgan.
Oʻquvchilarga qadimiy Buxoro, Xiva va Samarqand boʻylab juda boy va oʻziga xos yoʻnalish taklif qilingan.

“Yangi yil kechasida Registon maydoniga borish tarixga qoʻshilish va kishini Shahrizoda ertaklarida tilda olingan romantik muhitdagi kabi his etish imkonini beradi”, - deyilgan maqolada.

Sayyohlarga Toshkentga ham tashrif buyurish tavsiya qilingan. Nashr poytaxtda oʻz milliy xususiyatlarini saqlab qolgan Markaziy Osiyodagi eng katta bozor – Chorsu joylashganiga eʼtibor qaratgan. Yana bir diqqatga sazovor joy sifatida zamonaviy Mustaqillik maydoni koʻrsatilgan.
Medrese Sherdor na ploщadi Registan v Samarkande - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 04.10.2021
Turizm
Times Oʻzbekistonni "aql bovar qilmaydigan" joylar beshligiga kiritdi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala