Jamiyat

Turkiya Oʻzbekistonga COVID-19 ga qarshi 200 ming doza vaktsina yuborishi kutilmoqda

© Pexels / ThirdmanPuzыrki s lekarstvami, illyustrativnoye foto
Puzыrki s lekarstvami, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Turkiya Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza vaktsina, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlarini yuboradi.
TOSHKENT, 10 okt — Sputnik. Oʻzbekiston va Turkiya hukumatlari oʻrtasida sogʻliqni saqlash sohasida grant yordamiga oid bitim imzolandi.
“Dunyo” AA xabariga koʻra, bitimni Oʻzbekiston nomidan bitimni mamlakatning Turkiyadagi elchisi Alisher Aʼzamxoʻjayev, Turkiya nomidan sogʻliqni saqlash vazirining oʻrinbosari Xalil Eldemir imzolagan.
“Hujjatga koʻra, Turkiya Oʻzbekistonga COVID-19ga qarshi 200 ming doza vaktsina, shuningdek, 20 ming quti “Favipiravir” dori preparatlarini yuboradi”, - deyilgan xabarda. Aynan qaysi kompaniya vaktsinalari yetkazib berilishi ochiqlanmagan.
Taʼkidlanishicha, vaktsinalar va dorilarning mazkur partiyasi Turkiya tomonidan Oʻzbekistonga doʻstlik va xayrixohlik belgisi sifatida yuborilmoqda.
Shprits, illyustrativnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Jamiyat
Oʻzbekistonda 87 ming nafardan ortiq bola koronavirusga qarshi emlandi
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekistonda aholini koronavirusga qarshi ommaviy emlash 1 apreldan boshlangan edi. Aholi ZF-UZ-VAC 2001, "Sputnik V", "AstraZeneca", "Moderna" va "Pfizer/BioNTech" vaktsinalari bilan emlanmoqda. Bugungi kunga kelib mamlakatda jami 22,4 million dozadan ortiq vaktsina qoʻllanilgan. Toʻliq emlanganlar 5,1 mln kishini tashkil qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala