Afg‘on urushi veteranlari Samarqandda yig‘ilishdi

© Press-slujba obyedineniya VETERANVeterani afgansi sobralis v Samarkande
Veterani afgansi sobralis v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan kelgan hamda samarqandanlik 120 nafar afg‘on urushi qatnashchisi "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo‘ydi
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Samarqand shahrida Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi hamda O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi hamkorligida Afg‘on urushi qatnashchilariga bir martalik insonparvarlik yordami aksiyasi bo‘lib o‘tdi.
© Obyedinenie VETERAN respubliki UzbekistanVeterani-afgansi sobralis v Samarkande
Veterani-afgansi sobralis v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Veterani-afgansi sobralis v Samarkande
Surxondaryo, Qashqadaryo va Jizzax viloyatlaridan kelgan hamda samarqandanlik 120 nafar afg‘on urushi qatnashchisi "Motamsaro ona" haykali poyiga gul qo‘ydi, deb xabar bermoqda "Zarafshon" nashri.
Predsedatel obyedineniya VETERAN Tal’at Muradov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.01.2019
Muradov: O‘zbekiston Afg‘oniston uchun Angliya, AQSh va SSSR berolmagan narsani bergan
Rossiya Federatsiyasining O‘zbekistondagi elchixonasi harbiy attashe katta yordamchisi, polkovnik A.Mashukov, O‘zbekiston “Veteran” jangchi faxriy va nogironlari birlashmasi rahbari Tal’at Murodov Rossiya Federatsiyasi tomonidan afg‘on urushi qatnashchilari va urushda halok bo‘lganlarning yaqinlariga 200 AQSh dollariga teng bir martalik insonparvarlik yordami tarqatdi.
© Obyedinenie VETERAN respubliki UzbekistanVeterani-afgansi sobralis v Samarkande
Veterani-afgansi sobralis v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Veterani-afgansi sobralis v Samarkande
"Birinchi marta tashkil etilgan mintaqaviy uchrashuv tadbirida ko‘p vaqtdan buyon ko‘rmagan quroldosh do‘stlarimizni ko‘rdik, - deydi Surxondaryo viloyatining Angor tumanidan kelgan Alimardon Boboniyozov. – 1979-1980 yilda Afg‘onistonda bo‘lib qaytgach, hududimizdagi harbiy avtokolonnada 43-yil haydovchi bo‘lib ishladim va pensiyaga chiqdim. Bugungi uchrashuvda biz o‘sha davrdagi mudhish holat va halok bo‘lgan do‘stlarimizni xotirladik".
Tadbirda Samarqand shahrining So‘zangaron mahallasida tug‘ilgan va afg‘on urushida halok bo‘lgan A’zam To‘xtayev yodga olinib, uning jasorati uchun onasi Kimyo To‘xtayevaga tashakkur bildirildi va bir martalik pul mukofot berildi.
Yangiliklar lentasi
0