Jamiyat

Aholidan asossiz ortiqcha hujjat talab qilgan mansabdorlarga chora koʻrildi

© PixabayPodpis dokumentov
Podpis dokumentov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Adliya vazirligi davlat xizmatlarini koʻrsatishda aholidan ortiqcha hujjat talab qilgan qator vazirlik va agentliklar masʼullarini jarimaga tortdi
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Adliya vazirligi prezidentning aholi va tadbirkorlik subʼyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yanada qulay sharoitlar yaratishga oid farmoni ijrosi yuzasidan 29 ta vazirlik va idoralarda oʻrganish oʻtkazdi.
Unda vazirlik va idoralar tomonidan prezidentning tegishli farmoni talablari buzilganligi, ayrim tadbirlar ijrosi taʼminlanmaganligi aniqlangan.
Vazirlik maʼlumotlariga koʻra, 1 iyundan 18 turdagi maʼlumot va hujjatlarni talab qilish bekor qilinganiga qaramay 3 256 ta holatda hujjatlar aholidan talab qilingan.
Oʻrganish yakunida aholidan ortiqcha hujjatlarni talab qilgan quyidagi vazirlik va idoralarning rahbar xodimlari MJtK 215-5-moddasiga (Davlat xizmatlari koʻrsatish sohasidagi qonunchilikni buzish) asosan maʼmuriy javobgarlikka (BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha) tortildi:
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi;
Innovatsion rivojlanish vazirligi;
Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi;
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi;
Moliya vazirligi huzuridagi Davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish agentligi;
Qishloq xoʻjaligi vazirligi huzuridagi Bogʻdorchilik va issiqxona xoʻjaligini rivojlantirish agentligi;
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi;
Taʼlim sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasi;
Transport vazirligi huzuridagi Yoʻl-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspektsiyasi.
Aniqlangan qonun hujjatlarining buzilishi, ularning sabablari va bunga olib keluvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish toʻgʻrisida vazirlik va idoralarga 21 ta taqdimnoma kiritilgan.
Kiritilgan taqdimnomalar natijasida davlat organlari va tashkilotlarining 38 nafar maʼsul xodimiga intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
List bumagi v ruke - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.03.2021
Jamiyat
Yigirmaga yaqin hujjatning aholi va tadbirkorlardan talab qilinishi bekor qilindi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala