Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

AQSH Afgʻonistonga gumanitar yordam yetkazib berishga rozi boʻldi

© Sputnik / Stringer / Fotobankka oʻtishSituatsiya u aeroporta Kabula
Situatsiya u aeroporta Kabula - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
“Tolibon”* harakati gumanitar yordam olish boʻyicha AQSH bilan kelishuviga erishganini maʼlum qildi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. “Tolibon”* radikal harakati AQSH rasmiylari bilan uchrashuvdan soʻng gumanitar yordam olish boʻyicha kelishuvga erishdi. Bu haqda RIA Novosti harakat maʼlumotlariga tayangan holda xabar berdi.
“AQSH va Afgʻoniston rasmiylari ikki kun davomida muzokaralar olib borishgan, ularning yakuniga koʻra, harakatga ijobiy boʻlgan kelishuvga erishilgan. AQSH vakillarining taʼkidlashicha, afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatiladi, xususan, boshqa gumanitar tashkilotlar yordam berishlari uchun maxsus joylar ajratiladi”, – deyilgan Afgʻoniston muvaqqat hukumati TIVning Qatarda toliblarning amerikaliklar boʻlib oʻtgan muzokaralardan soʻng tarqatgan bayonotida.
Shu bilan birga, mazkur xorijiy gumanitar yordam "siyosiy muammolar bilan bogʻlanmasligi" kerakligi ham qayd etilgan.
Mamlakat TIV rahbari etib tayinlagan Amir Xon Mottakiyning Al Jazeera telekanaliga bergan maʼlumotiga koʻra, uchrashuv chogʻida tomonlar AQSH va “Tolibon”* oʻrtasidagi Doha kelishuvining bajarilishi, ayniqsa, mamlakat ichki ishlariga aralashmaslik va shu bilan birga, "Vashington va Kobul oʻrtasidagi munosabatlarda yangi sahifa ochish" zarurligini muhokama qilishgan.
* Rossiya va qator mamlakatlarda taqiqlangan terrorchilik tashkiloti
Glava MID Uzbekistana Abdulaziz Kamilov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 10.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Kamilov Nur-Sultonda afgʻon xalqiga yordam koʻrsatish imkoniyatlarini muhokama qiladi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala