Bugun Chilonzor tumanining ayrim mahallalarida gaz vaqtincha o‘chiriladi

© Sputnik / Stringer / Mediabankka o‘tishOtkritie Bistriskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti
Otkritie Bistriskogo gazovogo mestorojdeniya v Lvovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish munosabati bilan, Chilonzor tumanining ayrim joylarida gaz tarmoqlarida ta’mirlash ishlari olib boriladi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. 2021-2022 yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida “Chilonzortumangaz” bo‘limi tomonidan Chilonzor tumanidagi gaz tarmoqlarini ta’mirlash ishlari olib borilayotgani sabab, tabiiy gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” axborot xizmati xabar berdi.
Aytilishicha, 2021-yil 11-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz qo‘yidagi mahallalarda bo‘lmaydi:
Lutfiy mahalla;
1-Qatartol mahalla;
Chilonzor 9-A hamda Chilonzor-7 mavzelari
Ta’mirlash ishlari tugatilgandan so‘ng, tabiiy gaz ta’minoti qayta tiklanadi.
“Yetkazilayotgan noqulayliklar uchun aholi va gaz iste’molchilaridan uzr so‘ramiz”, – deyilgan “Hududgaz Poytaxt” gaz ta’minoti xabarida.
Yangiliklar lentasi
0