Iqtisod

Bu yil xurmo eksportga arzon sotilmoqda - xalqaro ekspertlar

© Sputnik / Artur Lebedev / Fotobankka oʻtishSbor urojaya xurmы
Sbor urojaya xurmы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Bu yil Oʻzbekistonda xurmo kech hosilga kirdi va uning hosili nisbatan kam boʻlmoqda.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Bu yil Oʻzbekistonda xurmo mavsumi arzon narxlardan boshlandi, deb xabar qilmoqda East Fruit tahliliy platformasi.
Oʻzbekistonlik dehqonlar 2021 yilning 1 avgustidan 30 sentyabriga qadar umumiy qiymati 4,1 mln $ dollarga teng xurmo eksport qilishgan. 2020 yilda ushbu koʻrsatgich 7,4 mln $ni, 2019 yilda 5,3 mln. $ni tashkil qilgan edi,- deyilgan xabarda.
Undan tashqari, 2021 yilda xurmo narxlari oldingi yillarga nisbatan 30% ga past boʻldi. Oʻzbekiston xurmosi narxi pasayishi ikkinchi yil ketma-ket kuzatilmoqda. 2020 yilda ham 2019 yilgan nisbatan narxlar 12% pasaygan edi. Ayni damda oʻzbekistonlik ishlab chiqaruvchilar saralangan xurmoni kilosiga 2500 -3000 soʻm (0,23- 0,28 tsent)dan sotmoqda.
Odatda Oʻzbekistonda xurmo mavsumi 20 avgustdan boshlanib 15 yanvarga qadar davom etadi. Eng faol savdo sentyabr – dekabr oylarida boʻladi, deyilgan xabarda.
2020 yilda Oʻzbekiston rekord miqdorda xurmo eksport qilgan edi. Eksport hajmi 98,9 ming tonna va qiymati $49,4 mln dollarni tashkil qilgan edi. Bu oʻtgan 3 yilning koʻrsatgichlariidan oʻrtacha 70%ga koʻp boʻlgan edi.
EastFruit tahlilchilari xulosasiga koʻra, bu yil Oʻzbekistonda qish va bahorda anomal ob-havo boʻlgan sababli xurmo hosilini olish 10 kun kech boshlandi. Undan tashqari ushbu holat hosil umumiy miqdori qisqarishiga olib kelishi mumkin.
Xurmoning xususiyatlari - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.11.2016
Infografika
Xurmoning oʻziga xos xususiyatlari
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala