Ismatulla Irgashev AQSh Kongressi Vakillar palatasi delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazdi

© Press-slujba MID UzbekistanaSpetsialniy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev
Spetsialniy predstavitel prezidenta Uzbekistana po Afganistanu Ismatulla Irgashev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston-Amerika hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekiston prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatulla Irgashev Amerika Qo‘shma Shtatlari Kongressi Vakillar palatasi Tashqi ishlar qo‘mitasi raisi Gregori Miks boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqotda ikki tomonlama kun tartibining ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha O‘zbekiston-Amerika hamkorligining hozirgi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Mirziyoyev: yagona maqsadimiz — O‘zbekistonga Afg‘onistondan o‘q otilmasin
Afg‘onistondagi holat, xususan, bu mamlakatdagi insonparvarlik vaziyat hamda iqtisodiy qayta qurish bo‘yicha qo‘shma choralarga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Qayd etilganidek, O‘zbekiston Afg‘onistonda tinchlik va barqarorlik o‘rnatishga, mamlakatni mintaqaviy iqtisodiy jarayonlarga, shu jumladan, yirik infratuzilma loyihalarini amalga oshirish orqali jalb etishdan manfaatdor.

Kongressmenlar O‘zbekistonning chet davlatlar fuqarolarini Afg‘onistondan evakuatsiya qilishni tashkil etishi hamda afg‘on xalqiga gumanitar yordam ko‘rsatishda faol ishtirok etishini alohida ta’kidladilar.
Yangiliklar lentasi
0