Analitika

Klaster boru tajriba yoʻq yoki urugʻchilik muammolari haqida

© SputnikNII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Oʻzbek ilmiy paxtachiligi va urugʻchilik tizimi yuz yillik tarixga ega boʻlib mintaqada eng ilgʻor hisoblanadi, lekin paxtakorlar undan samarali foydalanayaptimi?
Maʼlumki, Oʻzbekiston paxta sanoatida 2020 yil hosilidan boshlab davlat buyurtmasi bekor qilindi va fermer xoʻjaliklari hamda paxta klasterlariga paxta navlarini joylashtirish boʻyicha erkinlik berildi (PQ-4633).
Bu, shubhasiz, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga muvofiq, ushbu sohanining samaradorligini oshirishga, Oʻzbekistonni paxtadan yuqori qoʻshilgan qiymatga ega boʻlgan tayyor mahsulot ishlab chiqrauvchi davlatga aylantirishga qaratilgan ulkan qadamdir.
Shu bilan birga, bugungi kunda paxta navini mustaqil tanlash imkoniyati fermer va klasterlar uchun turli muammolar va kutilmagan qiyinchiliklar keltirib chiqarishi mumkinligi maʼlum boʻldi.

Xususan, “koʻpchilikning tasavvurida “chet elning navlari zoʻr” degan fikr shakllanib qolgan”, - deydi Xalqaro paxta kunida boʻlib oʻtgan tadbirda innovatsion rivojlanish vaziri, akademik Ibrohim Abdurahmonov.

Vaholanki, Oʻzbekistonda paxta urugʻchilik anʼanalari mustahkam ilmiy va amaliy tajribalar bilan tasdiqlangan koʻp yillik asosga ega. Birgina Paxta selektsiyasi, urugʻchiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutida 107 ta mamlakatdan keltirilgan 12 800 ta yovvoyi, yarim yovvoyi namunalar saqlanmoqda. Ular paxtaning turli iqlim va sharoitlarga mos navlarini yetishtirish uchun xizmat qiladi.
“...bu urugʻlar selektsiya jarayoni uchun zarur. Yaʼni mazkur yovvoyi va yarim yovvoyi navlardan qurgʻoqchilikka, issiq iqlimga hamda turli kasalliklarga bardoshlilari aniqlanib, ularning genlari olinadi va asosiy maydonlarga ekiladigan navlarga chatishtiriladi”, - deydi institut laboratoriya mudiri, qishloq xoʻjalik fanlari doktori Malohat Xoliqova.
Oʻzbekiston paxtani birinchi marta ekayotgani yoʻq, shu sababli ham hosil samaradorligini oshirish maqsadida urugʻ tanlash borasida ham yetarli va boy tajribaga ega. Yangi “paxtakorlar” ham ushbu tajribadan foydalansa maqsadga muvofiq boʻlardi.
© SputnikNII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Uchugʻni chet eldan olib kelishning nimasi yomon?
Xorijdan paxta urugʻi olib kelganda, fermerni bir qator koʻzga koʻrinmaydigan xatarlar “kutib turishi” mumkin.
Masalan, Pokistonda gʻoʻza zararkunandalariga qarshi xavfli kimyoviy dorilar qoʻllaniladi. Shu sababli, ulardan olingan urugʻlar ham xavf tugʻdirishi mumkin.
Hindistonda geni oʻzgartirilgan chigit ekishadi. Oʻzbekistonda esa, maʼlumki, aholining 70 % paxta yogʻi isteʼmol qiladi. Agar ana oʻshanday geni oʻzgargan chigit yogʻi istemol qilinsa, inson geni ham oʻzgarishi mumkin. (Geni modifikatsiya qilingan oziq-ovqat mahsulotlari insonga qanday taʼsir qilishi hozirgacha aniqlanmagan va bunday mahsulotlarni isteʼmol qilish Oʻzbekistonda qonun bilan taʼqiqlangan).
Turkiya, Bangladesh kabi davlatlarda esa Oʻzbekistonda kuzatilmaydigan, ilmiy tilda “karantin kasalligi” deb ataladigan kasalliklar bor. Bunday atamaning sababi – chetdan olin kelinayotgan urugʻlar uch yil karantin sharoitida ekib, sinab koʻrilishi kerak. Sinovdan muvaffaqiyatli oʻtsagina, katta maydonlarda ekishga tavsiya etiladi. Misol uchun, ikki yildan beri pomidor hosilining chirishi kuzatilmoqa. Olimlar buni xuddi oʻsha karantindan oʻtmagan urugʻlarning kirib kelishi bilan izohlamoqdalar.
Klasterlar esa bunday jarayonlardan koʻpam xabardor emas. Ular katta pul sarflab, chet eldan texnika olib kelishayapti va tabiiyki, urugʻni ham chetdan keltirish kerak, degan fikrga borishayapti.
© SputnikNII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Oldingdan oqqan suvning qadri yoʻqmi
Xoʻsh, Oʻzbekistonning oʻzida sinalgan, kasallikka qarshi chidamli ekani tekshirilgan urugʻlar bormi?
“Albatta, bor, - deyishdi olimlar. Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash Markazida har yili 100 dan ortiq navlar sinaladi. Shular orasidan talabga javob beradiganlari ajratib olinib, ekishga tavsiya etiladi”.
Yaqinda, oʻzbek olimlari gʻoʻzaning “eskimo” geni faoliyatini susaytirish natijasida ham qurgʻoqchilikka, ham shoʻrlanishu ham sovuqqa chidamli yangi gʻoʻza liniyalarini yaratishga muvaffaq boʻldilar. Bugungi kunda ular davlat navsinashiga topshirilish arafasida.
Necha yillardan beri dehqonlarning bosh ogʻrigʻiga sabab boʻlayotgan omillardan biri bu – vilt kasalligidir. Ushbu kasallik har yili gʻoʻza hosilining katta miqdorda nobud boʻlishiga olib kelmoqda. Genomika va bioinformatika markazi xodimlari buning chorasini topgan koʻrinadi. Markaz direktorining maqolasida keltirilishicha, yaqin yillarda vilt kasalligiga chidamli boʻlgan “zirhlangan” gʻoʻza navlari paydo boʻladi va ayniqsa, Buxoro hamda Navoiy viloyatlarida viltdan aziyat chekayotgan fermerlar ogʻirini yengil qiladi.
Koʻrinib turibdiki, olimlar tomonidan salmoqli natijalar qoʻlga kiritilyapti, lekin eʼtibortalab jihatlar ham oz emas. Va mutaxassislarning yakdil fikriga koʻra, aynan ana shu jihatlarga koʻproq eʼtibor qaratish zarur.
© SputnikNII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Chumchuq soʻysa ham qassob soʻysin
Ibrohim Abdurahmonov aytishiga koʻra, klaster egalari “hamma ishni bir oʻzim uddalayman” qabilida ish tutmasliklari kerak. Chunki oʻzimizda urugʻchilik sohasiga ixtisolashgan shuncha olimlaru butun boshli ilmiy institutlar turganda, klasterlar “oʻzim urugʻ yarataman” desa xato qiladi.
Buning tasdigʻi sifatida vazir Tatariston tajribasini misol qilib koʻrsatdi. U yerda klasterlar har bir ishni oʻz mutaxassisiga topshiradi. Masalan, avtomobil shinalari ishlab chiqaradigan klasterlar ularni sotadigan firmalarni ham faoliyatga jalb etadi. Keyinchalik ishlatilgan shinalarni qayta sotib olib, ulardan asfalt tarkibiga qoʻshiladigan xom ashyo tayyorlashda ham ishtirok etadi.
Ikkinchidan, zudlik bilan hal etilishi lozim boʻlgan masalalar quyidagilardan iborat: navni marketing qilish. Yaʼni olimlar nav yaratayapti, lekin oʻz mehnati samarasini “reklama” qilishni bilmaydi. “Albatta, bu olimlarning ishi emas, lekin boshqa chora yoʻq”, deydi qishloq xoʻjalik vaziri oʻrinbosari – qishloq xoʻjaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi bosh direktori Alisher Toʻrayev.
Uchinchidan, xususiy urugʻchilik firmalarini tashkil etish lozim. Ular raqobat muhitini yaratadi. Gollandiyada shunday tajriba qoʻllaniladi, Oʻzbekistonda esa ilmiy-tadqiqot institutlari oʻzi fan bilan shugʻullanadi, oʻzi nav yaratadi, oʻzi uni registratsiya qiladi va oʻzi uni rayonlashtiradi. Oxiri hammasi “ayqash-uyqash” boʻlib ketadi, - deydi vazir oʻrinbosari.
© SputnikNII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
NII Selektsii xlopka, semenovodstva i agrotexnologiy
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala