Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Mirziyoyev: yagona maqsadimiz — Oʻzbekistonga Afgʻonistondan oʻq otilmasin

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston jafokash afgʻon xalqiga qoʻldan kelgancha yordam berishga tayyor.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Oʻzbekistonning yagona maqsadi mamlakatga Afgʻonistondan oʻq otilmasligidir. Bu haqda OʻzLiDeP partiyasidan prezidentlikka nomzod va amaldagi davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuvda maʼlum qildi.
Qarshidagi Prezident maktabida boʻlib oʻtayotgan uchrashuvda Mirziyoyev ertalab turib Oʻzbekiston-Afgʻoniston chegaralarida nima boʻldi, deb soʻrashini aytdi. Davlat rahbariga 30-40 daqiqa chegaralaridagi vaziyat haqida xabar berishadi.
Yangi rahbarlar bilan muzokara olib boryapmiz. Oʻtiraversak, vaziyatni bizga hech kim aytmaydi. Jafokash afgʻon xalqiga qoʻlimizdan kelgancha yordam berishga tayyormiz. Bizning yagona maqsadimiz - Oʻzbekistonga Afgʻonistondan oʻq otilmasin.
Shavkat Mirziyoyev na zasedanii Soveta glav gosudarstv-chlenov SHOS v Dushanbe - Sputnik Oʻzbekiston
Shavkat Mirziyoyev
Oʻzbekiston prezidenti
Mirziyovning soʻzlariga koʻra, u lavozimga kelganida Oʻzbekiston chegarasining 57 foizida muammolar boʻlgan. Hozirga kelib qoʻshni mamlakatlar bilan muzokaralar yordamida ularning aksariyati hal etilgan.
Eslatib oʻtamiz, 7 oktyabr kuni Oʻzbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Kobulda Afgʻoniston muvaqqat hukumat rahbarlari bilan muzokaralar oʻtkazgan edi. Toliblar Oʻzbekiston xavfsizligiga Afgʻoniston hududidan hech qanday tahdid boʻlmasligini qatʼiy bildirishgan.
Semya afganskix bejentsev s veщami vozle jeleznodorojnoy stantsii v Chamane, Pakistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 07.10.2021
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
Oʻzbekiston va Xitoy afgʻon xalqiga gumanitar yordam koʻrsatishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala