Rossiya

Moskvada kovidga bepul ekspress-test topshirish tashkil etildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Fotobankka oʻtishEkspress-testы na COVID-19
Ekspress-testы na COVID-19 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Moskva shahrida 20 ta jamoat joylari va “Moi dokumentы” DXMlarida olinadigan ekspress-test natijalari 15 daqiqadan soʻng maʼlum qilinadi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Moskva shahrida 20 ta jamoat joylari va “Moi dokumentы” davlat xizmatlari markazlarida koronavirusga bepul ekspress-test topshirish tashkil etildi. Bu haqda shahar meri oʻrinbosari Anastasiya Rakova maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, ekspress-test natijalarni 85 foiz aniqlik bilan 15 daqiqadan soʻng koʻrsatadi.
Barcha xohlovchi moskvaliklar bepul koronavirusga test topshirishlari mumkin. Buning uchun oʻzlari bilan pasportlarini olib kelishlari kerak. Bolalar uchun tugʻilganlik haqidagi guvohnoma talab qilinadi.
Meditsinskiye rabotniki perevozyat telo umershego - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya
Rossiyada koronavirus qurbonlari soni boʻyicha yangi rekord oʻrnatildi
Agar test natijasi musbat chiqsa, fuqarolardan alohida xonaga oʻtish iltimos qilinadi va u yerda bepul PZR usulida test olinadi. Keyin ular zudlik bilan uyiga yuboriladi va PZR natijasini olmaguncha boshqalar bilan muloqotni iloji boricha kamaytirib, uyni tark etmaslik soʻraladi.
Avvalroq Moskva meri Sergey Sobyanin shahardagi maktablarda koronavirusga ekspress-test topshirish joriy etish rejalashtirilayotganini maʼlum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala