Moskvada kovidga bepul ekspress-test topshirish tashkil etildi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishEkspress-testi na COVID-19
Ekspress-testi na COVID-19 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Moskva shahrida 20 ta jamoat joylari va “Moi dokumenti” DXMlarida olinadigan ekspress-test natijalari 15 daqiqadan so‘ng ma’lum qilinadi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. Moskva shahrida 20 ta jamoat joylari va “Moi dokumenti” davlat xizmatlari markazlarida koronavirusga bepul ekspress-test topshirish tashkil etildi. Bu haqda shahar meri o‘rinbosari Anastasiya Rakova ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ekspress-test natijalarni 85 foiz aniqlik bilan 15 daqiqadan so‘ng ko‘rsatadi.
Barcha xohlovchi moskvaliklar bepul koronavirusga test topshirishlari mumkin. Buning uchun o‘zlari bilan pasportlarini olib kelishlari kerak. Bolalar uchun tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma talab qilinadi.
Meditsinskie rabotniki perevozat telo umershego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Agar test natijasi musbat chiqsa, fuqarolardan alohida xonaga o‘tish iltimos qilinadi va u yerda bepul PZR usulida test olinadi. Keyin ular zudlik bilan uyiga yuboriladi va PZR natijasini olmaguncha boshqalar bilan muloqotni iloji boricha kamaytirib, uyni tark etmaslik so‘raladi.
Avvalroq Moskva meri Sergey Sobanin shahardagi maktablarda koronavirusga ekspress-test topshirish joriy etish rejalashtirilayotganini ma’lum qilgandi.
Yangiliklar lentasi
0