Dunyoda

Nemislar Polshani Yevropa Ittifoqidan siqib chiqarmoqchi

© Sputnik / Aleksey Vitvitskiy / Fotobankka oʻtishGosudarstvennыy flag Polshi i flag Yevrosoyuza na zdanii Ministerstva inostrannыx del Polshi v Varshave
Gosudarstvennыy flag Polshi i flag Yevrosoyuza na zdanii Ministerstva inostrannыx del Polshi v Varshave - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Polsha Konstitutsiyaviy sudining Yevropa Ittifoqi qonuni haqidagi qarori Der Spiegel oʻquvchilarining keskin tanqidiga uchradi
TOSHKENT, 11 oktyabr -Sputnik. Germaniyaning Der Spiegel nashri Polsha konstitutsiyaviy sudining milliy konstitutsiya YEI qonunchiligidan ustuvor, degan qaroriga bagʻishlangan maqolani chop etdi.
Nashr taʼkidiga koʻra, Lyuksemburg TIV rahbari Jan Asselborn Polsha hukumati rahbarining harakatini "olov bilan oʻynashish", deya baholagan.
Internet-foydalanuvchilar izohlarda Polsha tomonidan qabul qilingan qarorni qattiq tanqid qilib, mamlakatni YEIdan chiqarib yuborishga chaqirganlar.
"Ketaversin. Polsha - YEIdan eng koʻp foyda koʻradigan mamlakatlardan biri, agar u ketmoqchi boʻlsa, ketaversin. Shu bilan birga, Polsha tinchlikni buzishda birinchilardan. Hech boʻlmaganda, bunda men Yevropa Ittifoqi uchun tiklanish imkoniyatini koʻryapman", - deb yozadi HarryManback.
Flagi Ukrainы i Yevropeyskogo Soyuza. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.08.2021
Analitika
Siyosiy va kredit qaramligi: YEI bilan doʻstlik Ukrainaga nima keltirdi
"Men iqtisodiy jihatdan kuchli, zamonaviy, dunyoviy, inson huquqlari hurmat qilinadigan Yevropa Ittifoqini koʻrishni xohlayman, Polsha va Vengriya esa unchalik ham toʻgʻri kelmaydi", - deya taʼkidlaydi TEW nikli foydalanuvchi.
Shuningdek, ular orasida, agar pul olib turmaganida, Polshaning oʻzi bu ittifoqni ancha oldin tark etgan boʻlishi mumkin edi, degan taxminlar ham yangradi.
Voyennыe v Primorye zavershili vosstanovleniye tanka Sherman vremen Velikoy Otechestvennoy voynы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2021
Dunyoda
Polsha sharqiy chegarada 250ta amerika tanklarini joylashtiradi
"Hamma Polsha faqatgina pul uchun hali ham YEI aʼzosi ekanligini biladi. Agar sof donor boʻlganida edi, u allaqachon chiqib ketgan boʻlardi. Bu Vengriyaga ham tegishli", - deydi Krude.
Hans7890 nikli foydalanuvchi esa "Eng muhimi, toʻlovlarni toʻxtating!", - deya chorlagan .
Adliya masalalari boʻyicha yevrokomissar Didye Reynders esa ushbu voqealar fonida Polshada yevropa huquqi hurmat qilinishi uchun Yevrokomissiya bor imkoniyatni ishga solishini vaʼda qilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala