Jamiyat

Oʻzbekistonda havo +25 darajagacha isishi kutilmoqda

© Sputnik / Maksim Blinov / Fotobankka oʻtishOsen
Osen - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Hafta oʻrtasidan havo harorati asta-sekin koʻtarila boshlaydi va oktyabr oyining oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yetadi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Bugun va ertaga respublika sovuq antittsiklon taʼsiri ostida boʻladi, deb xabar qilmoqda Oʻzgidromet.
Sovuq havo asosan tungi haroratga taʼsir qilib, +2…+5 daraja iliqni tashkil etadi. Kunduz kuni quyosh havoni +18…+20 daraja iliqqacha isitadi.
Hafta oʻrtasidan havo harorati asta-sekin koʻtarila boshlaydi va oktyabr oyining oʻrtalari uchun boʻlgan meʼyoriy qiymatlarga yetadi. Havo harorati kechalari +6…+9 daraja iliq, kunduz kunlari +20…+23 daraja iliq atrofida, janubda +25 daraja iliqqacha boʻladi.
Hafta davomida yogʻingarchilik kutilmaydi, havo asosan quyoshli boʻladi. 12−13 oktyabrda respublika boʻyicha baʼzi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala