O‘zbekistonda shaxsiy avtomobillar soni 40% ga oshdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovStrana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya
Strana belix avtomobiley. Beliy svet bolshe otrajayet svet i menshe nagrevayetsya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda aholi jon boshiga avtomobillar soni keskin oshmoqda. Ushbu ko‘rsatgich so‘nggi yil davomida 14,5%ga oshdi.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekistonda aholiga tegishli bo‘lgan shaxsiy avtomobillar soni so‘nggi besh yilda 40%ga oshdi, deb xabar qilmoqda Davlat Statistika qo‘mitasi.

2021 yilning 1-yanvar holatiga O‘zbekiston Respublikasida jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan avtotransport vositalarining soni 2 955 295 tani tashkil etgan. Bu 2020-yilga nisbatan 14,5 % ga ko‘p, - deyilgan xabarda.

So‘nggi 5-yilda shaxsiy avtomobillar soni o‘sish sur’ati:
2015 yilda – 2 109 185 ta;
2016 yilda – 2 191 231 ta (+3,8%);
2017 yilda – 2 273 419 ta (+3,7%);
2018 yilda – 2 440 276 ta (+7,3%);
2019 yilda – 2 580 133 ta (+5,7%);
2020 yilda – 2 955 295 ta (+14,5%);
Demak, O‘zbekistonda har 1000 kishiga o‘rtacha 84ta avtomobil to‘g‘ri keladi. Boshqa davlatlar bilan solishtirganda: AQShda har 1000 kishiga 910ta, Avstraliyada 740ta, Italiyada 625ta, Yaponiyala 591ta, Germaniyada - 555ta, Rossida - 369ta, Qozog‘istonda 250ta, Ukrainada - 202ta, Ozarbayjonda - 112ta avtomobil to‘g‘ri keladi. (2019 yil ma’lumoti)
Yangiliklar lentasi
0