Sport

Shahram Gʻiyosov va Hasanboy Doʻsmatov JChga boruvchi terma jamoa tarkibiga kiritildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovBoksyor Shaxram Giyasov
Boksyor Shaxram Giyasov - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
Belgradda 26 oktyabrdan 6 noyabrga qadar boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi.
TOSHKENT, 11 okt – Sputnik. Serbiyaning Belgrad shahrida 26 oktyabrdan 6 noyabrga qadar boks boʻyicha kattalar oʻrtasida Jahon chempionati boʻlib oʻtadi. Unga professional bokschilar Shahram Gʻiyosov va Hasanboy Doʻstmatov ham jalb qilingan. Bu haqda Turizm va sport vazirligi xabar bermoqda.
Shuningdek, terma jamoaning asosiy tarkibidan Nodirjon Mirzahmedov (-48 kg), Shahobiddin Zoirov (-54 kg), Mirazizbek Mirzaxalilov (-57 kg), Abdumalik Xalokov (-60 kg), Mujibullo Tursunov (-63,5 kg), Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev (-67 kg), Saidjamshid Jafarov (-75 kg), Odiljon Aslonov (-80 kg), Shohjahon Abdullayev (-86 kg), Madiyor Saidrahimov (-92 kg), Lazizbek Mullajonov (+91 kg) joy oldi.
Rio Olimpiadasi kumush medali sohibi, jahon va Osiyo chempioni Shahram Gʻiyosov 2018 yil yanvarida professional boks toifasiga oʻtgandi. Rio-2016 Olimpiadasi chempioni Hasanboy Doʻsmatov oʻzining prof boksdagi debyut jangini 2019 yil oktyabrida gʻalaba bilan boshlagandi.
Vstrecha bokserov v Tashketskom aeroportu - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 23.09.2019
Jamiyat
Chempion bokschilar Toshkent aeroportida tantanali kutib olindi
Bokschilar bosh murabbiy Marat Qurbonov rahbarligida mashgʻulotlar olib bormoqda. 2019 yilda tashkil etilgan soʻnggi jahon chempionatida oʻzbekistonlik bokschilar 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1ta bronza medallarini qoʻlga kiritgan holda umumjamoa hisobida 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan edi.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala