Kolumnistlar

Sharqiy Yevropa zarba ostida: amerikaning B61 yadroviy bombalari mintaqani yoʻq qilishga shay

© Foto : Dane WiedmanAmerikanskiy istrebitel F-35B
Amerikanskiy istrebitel F-35B  - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 11.10.2021
V61-12 ilgariroq F-16C qiruvchisi bilan integrallashtirilgan edi. Ammo konstruktsiyaning nomukamalligi bomba F-35ga oʻrnatilishiga olib keldi. Shu tufayli F-35 qiruvchilari seriyali ishlab chiqarilishi 2020 yildan 2022 yilga qoldirilgan edi.
Dunyo yetakchiligi maqomidan va xalqaro obroʻdan mahrum boʻlayotgan AQSH, xuddiki choʻkayotgan odam xasga yopishgandek, B61-12 termoyadroviy bombasiga yopishmoqda. Goʻyo modernizatsiya qilingan taktik oʻq -dorilarning "yevropacha ixtisoslashuvi" afgʻon avantyurasidan soʻng kalovlanib turgan ittifoqchilar va sheriklarning "aqlini kiritib qoʻyadigan", Yevropada harbiy mojaro yuz bergan taqdirda bu bombaning oʻzi ularni yoʻq qilmaydigandek.
Ploщadka otkrыtogo xraneniya obojjennыx boyepripasov s otravlyayuщimi veщestvami dlya posleduyuщey utilizatsii - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiya
Rossiya AQShni kimyoviy qurollarini yoʻq qilishiga daʼvat etdi
Nevada shtatidagi AQSH HHKning maxfiy Tonopa poligonida 4 oktyabr kuni yangi F -35A qiruvchi-samolyotlariga oʻrnatilgan B61-12 (JTA)taktik yadroviy bombalari sinovlari yakunlandi. Parvoz sinovlari final yakunida bir juft "koʻrinmaslar" B61 maketlarini yerga tashladi va ommaviy ishlab chiqarish uchun Pentagon tomonidan hali tasdiqlanmagan samolyotga yadroviy konstruktsiya sertifikati berildi.
Bundan buyon, radarlarda koʻrinadigan F-35A sezilmas tarzda (ichki boʻlimlarda) "taktik yadroviy qurolni dushman hududiga yetkazib berishga qodir" sanaladi. Biroq, sertifikatlangandan keyin ham F -35ning hammasi ham "yadroviy" boʻlmaydi.
Ilgariroq V61-12 - F-16C qiruvchi samolyoti bilan integrallashtirilgan edi, yangilangan oʻq-dorilar sinovi besh yildan buyon davom etmoqda. Qurilmaning nomukammalligi bombani F-35 qiruvchi samolyoti bilan birlashtirdi. Amerikaliklar bu qiruvchini 2020 yilda ommaviy ishlab-chiqarishni boshlashni rejalashtirgan, ammo keyin bu rejaning amalga oshishi 2022 yilga qadar ortga surilgan edi.
V61-12 modifikatsiyasi Yevropa arsenallarida mavjud boʻlgan amerikaning eskirgan yadroviy qurollarini almashtirishga moʻljallangan. Ochiq manbalarda Germaniya, Italiya, Belgiya, Gollandiya va Turkiyada V61 tipidagi umumiy quvvati 18 megatonnaga teng boʻlgan 200 ga yaqin yadroviy bomba saqlanayotgani haqida xabarlar berilgan edi - bu Xirosimadagi 900ta portlashga tengdir. AQShning Yevropadagi ittifoqchilari uchun bu juda muhim maʼlumot.
Prezentatsiya novogo voyennogo samoleta Checkmate na MAKS-2021 - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 21.07.2021
Foto
Shoh va mot: Rossiya yangi qiruvchini namoyish qildi
1945 yilning yozida amerikaliklar Yaponiyada birinchi marotaba 20 kilotonnali bombani qoʻllashgan edi - Xirosimada oʻshanda 200 mingga yaqin inson qurbon boʻlgan. Yuzlab B61-12 bombalari esa oʻn millionlab yevropaliklarga ajal vaʼda qilmoqda. Bu fonda Boltiqboʻyi, Gruziya va Moldova hudud jihatdan ixcham mamlakatlari xalqlari yoʻq boʻlib ketganini hech kim payqamaydi hatto.
Koʻrinib turibdiki, Yevropada tiqishtirilayotgan rusofobiya dunyoga real tahdidlarni mutlaqo aks ettirmaydi. Axir aynan AQSH chet hududlarda termoyadroviy "tiyib turish"ga intilmoqda, yaʼni "agressiv Rossiya" bilan bir qatorda yevropalik ittifoqchilarni muqarrar yoʻq qilishga tayyorlanmoqda. Radiatsiya axir tanlab oʻtirmaydi, shunday ekan, NATOning Sharqiy Yevropa mamlakatlari birinchilardan boʻlib "tozalash olovi"da qolishadi.

Bir dona B61-12 – bu ikkita Xirosima degani

F-35 qiruvchisi B61 seriyadagi yadroviy qurol sinovlarini yakunladi, xoʻsh buyogʻi nima boʻladi? Ehtimol, jangovar foydalanish boshlanar.
Modernizatsiya qilingan B61-12 termoyadroviy bombasi snaryadni boshqarish tizimi bilan boyitildi va oʻzgaruvchan quvvati - 50 kilotonnagacha yetkazildi. U xuddi qanotli raketalar singari rejalashtiruvchi xususiyatga ega, va "uskunalar yordamida" tashlash nuqtasidan 30 km masofada nishongacha yetib borishga qodir. V61 V-2A strategik bombardimonchilari qurollari safida turadi va u AQShning boshqa davlatlar hududida joylashtirilgan yagona taktik yadroviy qurolidir.
Generalnыy sekretar Organizatsii Obʼyedinennыx Natsiy (OON) Antoniu Guterresh - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 27.09.2021
Dunyoda
BMT bosh kotibi: insoniyat yadroviy yoʻq qilinish xavfiga yaqin kelib qolgan
B61 termoyadroviy bombasi 1963 yilda ishlab chiqilgan. Jangovor zaryadning bazaviy varianti 170 kilotongacha (yoki "sakkizta Xirosima"). Turkum portlash kuchini sozlash imkoniyatiga ega (qoʻyilgan vazifaga qarab), umuman, har xil modifikatsiyali 3000 dan ortiq B61 bombalari ishlab chiqarilgan. Oxirgi B61-11 seriyasi 1990 -yillarda xizmatga topshirilgan, boshqa seriyadagi bombalardan 340 kilotonagacha boʻlgan sigʻimi va portlatishdan oldin chuqurlashish uchun moslangan mustahkamlangan korpusga egaligi- 6 metrgacha betonni teshishga qodirligi bilan ajralib turadi.
Yaqinda Polsha AQSH bilan 32 ta F-35A Lightning II qiruvchi samolyotini (4,6 milliard dollarga) sotib olish toʻgʻrisida shartnoma imzoladi, Polsha bombalarni 2024 yilda oladi. Buyuk Britaniya, Norvegiya, Italiya, Gollandiya va Daniya havo kuchlari allaqachon "koʻrinmas chaqmoq" dan foydalanmoqda. Hatto neytral Shveytsariya xam 36 ta F-35 samolyotini (5,5 milliard dollarga) sotib olmoqchi.
NATO Harbiy -havo kuchlari qoʻmondoni general Tod Uolters 2030 yilga qadar Yevropada 450 ta F-35 samolyotlarini jamlash haqidagi rejasini eʼlon qildi - asosan ittifoqchilar hisobidan. Keyin ularni Amerika F61-12 yadroviy bombalari bilan "birlashtirish" va dushman tomon yoʻnalishni koʻrsatishgina qoladi halos. AQShning yangilangan termoyadroviy qurollari dastlab va keyingi chorak asrda Yevropaga qaratilgan boʻlib, ular Rossiyani "ushlab turish"ga hizmat qiladi va AQShning Yevropadagi ittifoqchilari Vashington tomonidan oʻz-oʻzidan konstruktsiyalashtirilgan hodisalarning garoviga tushadi.

Bemaʼnilik mantigʻi

AQSH NATOni sharqqa tomon kengaytirish siyosatini davom ettirmoqda. Amerikaliklar taʼkidiga koʻra, Rossiya Arktikani tobora ziddiyatli mintaqaga aylantirib, oʻzining Kaliningrad, Boltiqboʻyi, Qrimda, Qora dengizdagi hududlarga kirish va kirishni bloklash imkoniyatlarini kuchaytirib, NATOning sharqiy qanoti uchun xavfni tobora oshirmoqda.
Yevropada hamma ham Rossiya bilan Arktika yoki Qrim uchun urushda AQSH manfaatlari uchun qurbon boʻlishni istamaydi, biroq "ishontirish" texnologiyasi juda zoʻr yoʻlga qoʻyilgan. Afgʻonistonda NATO ittifoqchilari va sheriklari xuddi shu ishontirish texnologiyasi tufayli hozir boʻlgan va Vashington xohishiga koʻra 20 yil davomida sababsiz narsa uchun jang qilishgan va qurbon boʻlishgan, oqibatda bu mamlakatni quruq tark etdilar. Erksevar Frantsiyada NATOdan chiqish masalasi yana bir bor kun tartibiga chiqarilayotgani ham bejizdan emas.
Voyennoslujaщix amerikanskoy natsionalnoy gvardii, arxivnoye foto - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 06.10.2021
Kolumnistlar
Xafa boʻldi. NATO bloki qudratli harbiy kuchga ega boʻlgan aʼzosidan ayrilishi mumkin
4 oktyabr kuni AQSH prezidenti Jozef Baydenning Pentagon rahbari Lloyd Ostin bilan uchrashuvida NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg Afgʻonistondan keyin alyans oʻz resurslarini 30 nafar aʼzo-davlatlarni himoya qilish uchun yoʻnaltirishini aytdi va Rossiyaga ushbu "uy" devorlari tashqarisidagi "eng tajovuzkor" mamlakat, deya taʼrif berdi.
6 oktyabr kuni NATOdan oʻnta rossiyalik diplomatlarning rasmiy tushuntirishlarsiz chiqarib yuborilishi qarama -qarshilikning yangi bosqichi boshlanganidan dalolat beradi va bu Yevropa xavfsizligi uchun salbiy oqibatlarni keltibir chiqarishi muqarrar. Rossiya Mudofaa Vazirligi AQSH va uning ittifoqchilarining Rossiya chegaralari yaqinidagi harbiy faolligi oshib borayotganini qayd etmoqda. Moskva xalqaro siyosat sohasida va harbiy qurilish amaliyotida adekvat va tezkor javob qaytarmoqda.
Yevropada koʻzga tashlanayotgan "qoʻzilar sukunati" va "miya oʻlimi" fonida Rossiya 7 oktyabr kuni BMT Bosh assambleyasida AQShni yadro qurolini tarqatmaslik toʻgʻrisidagi shartnomani buzganlikda aybladi - Rossiya AQShni yadroviy boʻlmagan Yevropa davlatlarida tarqatganlikda, shuningdek, taktik oʻq-dorilar va ularni yetkazib berish vositalarini modernizatsiya qilishda, hamda NATOning noyadroviy aʼzolari ishtirokida "qoʻshma yadroviy missiyalar" oʻtkazishda aybladi.
Aktsii protesta v Minske - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 01.06.2021
Kolumnistlar
Belarusning AQShga “xavfi katta”: unga qarshi sanktsiyalar kiritiladi
Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu 6 oktyabr kuni Belarus Respublikasida ikkita HHK va Havodan hujumga qarshi mudofaa tizimlari qoʻshma jangovar tayyorgarlik markazlari tashkil etilishini eʼlon qildi. Yaqin istiqbolda Belarus Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yagona hududiy havo mudofaasi tizimida doimiy jangovar navbatchilikni tashkil qilish uchun Rossiyadan oʻnlab jangovar samolyot va vertolyotlar, havodan hujumga qarshi eng yangi mudofaa tizimlarini oladi. Belarus gʻarbida F-35 ni 400 km masofadan urib tushira oladigan S-400 "Triumf" zenit-raketa majmualari paydo boʻladi. Endi, topingchi, Yevropada keng koʻlamli harbiy mojaro roʻy bergan taqdirda, B61-12 yadroviy bombalari ortilgan samolyotlar qayerga qulashi mumkin?
Rossiyaning qurol -yarogʻ sohasidagi texnologik ilgarilab ketishi va mudofaa qudratining sezilarli darajada mustahkamlanishi, Xitoy iqtisodiy salohiyatining oʻsishi, afgʻon missiyasining NATO uchun sharmandali tarzda yakunlashi - AQSH strategiyasini va amerikaparast harbiy blokni tobora harob va boʻrttirilgan qilib koʻrsatmoqda.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala