SSV koronavirusga qarshi emlangan bolalar sonini ochiqladi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tish Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom "Karnivak-Kov" ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve
 Veterinar derjit v rukax shpris s preparatom Karnivak-Kov ot COVID-19 v veterinarnoy klinike v Moskve - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Butunjahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etilgan.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. O‘zbekistonda 125 731 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalingan bolalar orasida o‘lim holatlari kuzatilayotgani sababli, 12 yoshdan katta bolalarni vaksinatsiya jarayonlariga jalb etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Meditsinskie rabotniki perevozat telo umershego - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 06.10.2021
Rossiyada koronavirus qurbonlari soni bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
Jumladan, O‘zbekistonda 28-sentabrdan 12 yoshdan katta bolalarni ham koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashga ruxsat berilgan.
"Bugungi kunda ota-onalar va vasiylarining roziligi bilan 12 yoshdan katta bolalar Pfizer vaksinasi bilan emlanmoqda. Umumiy emlash statistikasiga ko‘ra, Farg‘ona (37 358 doza), Andijon (19 562 doza) va Samarqand (14817 doza) viloyatlari emlash jarayonlarida peshqadam bo‘lib turibdi. O‘zbekistonda esa 125 731 nafar 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlandi", - deyiladi xabarda.
Yangiliklar lentasi
0