Toliblar afg‘on diplomatlarini Rossiyadan chaqirib olmoqchi

© AP Photo / Zabi KarimiBoyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan
Boyeviki Talibana v prezidentskom dvorse v Kabule, Afganistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Toliblar Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi xodimlarini chaqirib olishi mumkinligini ma’lum qildi
TOShKENT, 11 okt — Sputnik. Afg‘onistonda hokimiyatni qo‘lga olgan "Tolibon"* radikal harakati mamlakatning Moskvadagi elchixonasi xodimlarini chaqirib olishi mumkin, deya xabar bermoqda TASS.
Harakat vakili, toliblar tuzgan muvaqqat hukumatdagi axborot va madaniyat vazirining o‘rinbosari Zabiulloh Mujohidning aytishicha, xodimlar o‘z vazifalarini to‘g‘ri bajarmagan.
Tablichka na stole predstaviteley dvijeniya Taliban - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.10.2021
Toliblarni Afg‘oniston bo‘yicha muzokara o‘tkazish uchun Moskvaga taklif qilishdi
"Biz diplomatik tarkib xodimlarini o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqamiz. O‘z vazifasini to‘g‘ri bajarmagan xodimlar chaqirib olinishi mumkin", - deydi toliblar vakili.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kadrlar almashinuvi masalasini "Afg‘oniston Islom Amirligi"ning Tashqi ishlar vazirligi hal qilishi kerak.
Shuningdek, Mujohid xozirgi kunda Afg‘onistonning Moskvadagi elchixonasi va Rossiyaning Kobuldagi elchixonasi o‘z ishini odatdagidek davom ettirishi muhimligini ta’kidladi.
Bundan tashqari, u Rossiya so‘nggi o‘n yilliklarda harbiy harakatlar natijasida zarar ko‘rgan Afg‘onistonni tiklashga yordam berishiga umid qilayotganini bildirdi.
* - Tolibon harakati terrorchi tashkilot sifatida tan olingan. Uning faoliyati Rossiyada taqiqlangan.
Yangiliklar lentasi
0