Xitoy shimolida ichida 51 yo‘lovchi bo‘lgan avtobus daroga quladi

© REUTERS / THOMAS PETERPeschanaya burya v Pekine
Peschanaya burya v Pekine - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
Hukumat tezkor ravishda qutqaruv operatsiyasini tashkillashtirgan, shu paytga qadar 38 kishi qutqarilgan. Avtobusda jami 51 kishi bo‘lgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.
TOShKENT, 11 okt - Sputnik. Xitoyning Xebey provinsiyasida yirik gabaritli yo‘nalish avtobusi trassadan chiqib, daroga quladi. Bu haqda XXR Markaziy televideniyesi xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, avtobus qulaganidan so‘ng olib borilgan qutqaruv ishlaridan keyin o‘n uch inson tanasi topilmagan.
Avariya dushanba kuni Xebey provinsiyasi Shiszachjuan okrugi Pinshan uyezdida 07.00da ro‘y bergan. Jingye kompaniyasiga tegishli ishchilarni tashigan xizmat avtobusi aniqlanmagan sabablarga ko‘ra daroga qulagan.
Hukumat tezkor ravishda qutqaruv operatsiyasini tashkillashtirgan, shu paytga qadar 38 kishi qutqarilgan. Avtobusda jami 51 kishi bo‘lgan, 13 kishi bedarak yo‘qolgan.
Qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0