YuNISEF: O‘zbekistonda 68 foiz qizlar Internetdan umuman foydalanmagan

CC0 / Unsplash / Christin Hume Devushka vo vremya raboti za noutbukom
Devushka vo vremya raboti za noutbukom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.10.2021
Obuna bo‘lish
YuNISEF tadqiqotiga ko‘ra, mamlakatda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foiz, o‘g‘il bolalar orasida esa 30,0 foizni tashkil qiladi.
TOShKENT, 11 okt – Sputnik. O‘zbekistonda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. Bundan YuNISEF o‘tkazgan tadqiqot dalolat bermoqda.
Yoshlar o‘rtasida o‘tkazgan tadqiqot shuni ko‘rsatganki, O‘zbekistonda kompyuter savodxonligi bo‘lmagan qizlar ulushi 43,5 foiz, o‘g‘il bolalar orasida esa 30,0 foizni tashkil qiladi.
“14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar va yosh ayollarning 68 foizi hech qachon Internetdan foydalanmagan. Bu ularning ta’lim olish va mehnat bozoridagi salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatlarini sezilarli darajada kamaytiradi”, - deyilgan xabarda.
Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda internet tarmog‘iga ulangan abonentlar soni 2021-yilning 1-yanvar holatiga ko‘ra qariyb 20 milliontani tashkil etadi.
Setevoe oborudovanie v servernoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.03.2021
O‘zbekistonda internet qimmatmi - AKT vazirligi izoh berdi
Yangiliklar lentasi
0