Jamiyat

Butunrossiya davlat kinematografiya institutining Toshkent filialiga yangi direktor tayinlandi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovFilial VGIKa v Tashkente
Filial VGIKa v Tashkente - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
BDKI filiali direktori vazifasini bajarish Eldor Yuldashevga topshirildi.
TOSHKENT, 12 okt – Sputnik. Eldor Yuldashev Toshkent shahridagi S.A. Gerasimov nomidagi Butunrossiya davlat kinematografiya instituti (BDKI) filiali direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda Hukumatning tegishli qarori qabul qilindi.
Eldor Yuldashev bungacha Kinematografiya agentligi ijro apparati rahbari lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Mazkur filial prezidentning 2021 yil 28 avgustdagi qarori bilan bilan tashkil etilgan. 1 oktyabr kuni ushbu filialning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Filialda taʼlim faoliyati 2021/2022 oʻquv yilidan boshlanadi. Taʼlim kunduzgi, sirtqi shaklda hamda masofaviy tarzda yoʻlga qoʻyiladi. Talabalar dramaturgiya va kinoprodyuserlik yoʻnalishlari boʻyicha taʼlim olishadi. Kelajakda filial faoliyatini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala