“Chevrolet Onix” qachon sotuvga chiqarilishi ma’lum qilindi

Chevrolet Onix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
“Chevrolet Onix”ning birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak.
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. “Chevrolet Onix” avtomobillarini sotuvga chiqarish 2022-yil oxiri 2023-yil boshida rejalashtirilgan. Bu haqda “UzAuto Motors” kompaniyasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning avgust oyida “Chevrolet Onix” va “Chevrolet Traker 2” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun Asakadagi zavodda zaruriy ishlar olib borilgan.
“Chevrolet Onix”ning birinchi partiyasi ishlab chiqarilgandan so‘ng olti oylik sinov muddatidan o‘tishi kerak. Avtomobillar turli xil iqlim sharoitida, har xil yo‘llarda sinovdan o‘tkaziladi. “Onix” avtomobillarini seriyali ishlab chiqarish faqat to‘liq testdan o‘tgandan keyingina boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “O‘zavtosanoat” “Chevrolet Onix” va “Tracker” avtomobillarini ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish uchun 427,7 mln dollar yo‘naltirishni rejalashtirayotgani xabar qilingan edi.

AO UzAuto Motors obyavlyayet o starte prodaj chetirex modeley brenda Chevrolet –Spark, Cobalt, Nexia i Lacetti v Tadjikistane
 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.10.2021
“UzAuto Motors” “Lacetti” ishlab chiqarish hajmini 12,5 foizga oshirdi
Yangiliklar lentasi
0