Migratsiya

Endi nima qilish kerak? Rossiya 150 ming oʻzbekistonlikka qoʻyilgan “zapret”ni bekor qildi

© Sputnik / Aleksandr Kryajev / Fotobankka oʻtishPassajirы v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske.
Passajirы v aeroportu Tolmachevo v Novosibirske. - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Rossiya hukumati Oʻzbekistondan 150 ming migrantga mamlakatga kirishga qoʻyilgan taqiqni bekor qildi.
TOSHKENT, 12 okt — Sputnik. Siyosatshunos, Moskva hukumati huzuridagi kengashning migratsiya komissiyasi raisi, "Yaxshi qoʻshnichilik" xalqaro munosabatlarni rivojlantirish jamgʻarmasi loyihalari direktori Yuriy Moskovskiy bundan keyin nima qilish kerakligini tushuntirdi.
"Ikki yoki undan ortiq maʼmuriy huquqbuzarlik uchun sud qarorisiz mamlakatdan chiqarib yuborilgan kishilar amnistiyaga tushdi".
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Migratsiya
Rossiya 150 ming oʻzbekistonlikdan mamlakatga kirish taqiqini olib tashladi
Yuriy Moskovskiy soʻzlariga koʻra, buni faqat chet el fuqarolariga nisbatan qilish kerak, faqat Oʻzbekiston va Tojikiston emas. Ikkita maʼmuriy huquqbuzarlik uchun chiqarib yuborish amaliyotini bekor qilib, uni jarima bilan almashtirish kerak.
Oʻz navbatida, migratsiya masalalari boʻyicha ekspert, Rossiya Fanlar akademiyasining Iqtisodiy prognozlash institutining etakchi ilmiy xodimi Dmitriy Poletayev bu kutilgan yangilik deb hisoblaydi:
"Oldindan rejalashtirilganidek, mahbuslarni ishga jalb qilishdan koʻra, kirishga taqiqni olib tashlash osonroq".
Rossiya migrantlar federatsiyasi rahbari Vadim Kojenov 150 ming nafar Oʻzbekiston fuqarosidan Rossiyaga kirish taqiqi olib tashlandi.
Bundan tashqari, "zapret"ga tushgan 150 ming Tojikiston fuqarosi ham Rossiyaga hududiga kirishi mumkin.
Afv sud qarori bilan Rossiyadan chiqarib yuborilgan xorijliklar toifasiga taalluqli emas.
Agar mamlakatdan chiqarib yuborish va taqiq qoʻyish qarori Rossiya IIV tomonidan qabul qilingan boʻlsa, hozirda taqiq bor yoki yoʻqligini mvd.rf saytida tekshirish mumkin.
Shuningdek, Kojenov migrantlarni pul evaziga “zapret”dan chiqarib berishni taklif qiluvchi firibgarlardan ogohlantirdi. Chunki fuqaroning oʻzi mustaqil buni tekshirib koʻrish imkoniyati ega.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala