Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga onlayn ariza topshirish mumkin

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishTeoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF
Teoreticheskie i prakticheskie zanyatiya v avtoshkole DOSAAF - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Fuqarolarga haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, yagona portal orqali imtihonga ariza topshirish imkoniyati yaratildi
TOShKENT, 12 okt – Sputnik. Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) yangi “Haydovchilik guvohnomasini olish uchun imtihonga ariza topshirish” davlat xizmati ishga tushdi.
Bu xizmat orqali fuqarolar haydovchilarni tayyorlash o‘quv kursini tamomlagach, o‘z hujjatlarini IIVning hududiy ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalariga yuborishadi.
Buning uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:
Haydovchilarni tayyorlash va qayta tayyorlash kurslarini tugatganligi to‘g‘risidagi guvohnoma.
083 shakldagi tibbiy ma’lumotnoma.
Portal orqali ariza yuborilgach, ro‘yxatdan o‘tkazish va imtihon olish bo‘linmalari fuqaroga tegishli bo‘lgan hujjatlarni tekshirib, nazariy va amaliy imtihonlarga kirishga ruxsat beriladi. Ruxsatnoma fuqarolarga 3 ish kuni ichida taqdim etiladi.

Xizmatdan yagona portal orqali foydalanish narxi 24,3 ming so‘m (10 foiz chegirma bilan).
V Rossii nachali vidavat voditelskie udostovereniya novogo obrazsa - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.09.2021
"Prava"ni almashtirish muddati: hukumat qarori tayyorlandi
Yangiliklar lentasi
0