Migratsiya

Oʻn ming ishchi yollash yanvar oʻrtalarigacha davom etadi - TMMA

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Fotobankka oʻtishMigrantы
Migrantы - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Rossiya hukumati yirik milliy loyihalarni amalga oshirish maqsadida tez fursat ichida oʻzbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni ishga yollashni rejalashtirgan.
TOSHKENT, 12 okt - Sputnik. 2022 yil yanvar oyining oʻrtalariga qadar 10 ming nafar Oʻzbekiston fuqarolarini Rossiyadagi qurilish ishlariga jalb qilish boʻyicha pilot loyiha yakuniga yetadi.

Reja boʻyicha, kuniga 250 kishigacha tekshiruvdan oʻtadi, 10 ming kishi - yanvar oʻrtalariga qadar", - dedi RIA Novostiga Tashqi migratsiya agentligi vakili.

Tibbiy koʻrik Toshkentdagi Bandlikka koʻmaklashish markazi bazasida amalga oshiriladi. Oʻzbekistonning barcha hududlaridan fuqarolar shu yerga yoʻnaltiriladi.
Eslatib oʻtamiz, oʻtgan hafta Toshkentga Rossiyagning Federal tibbiy-biologik agentligidan 39 nafar mutaxassislar Rossiyada ishlash niyatida boʻlganlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish uchun kelishgan edi. Ular oʻzlari bilan kerakli uskunalar, tibbiy buyumlar va "Sputnik Light" vaktsinasini ham olib kelishgan.
Maʼlmot uchun, pandemiya boshlangan vaqtida minglab oʻzbekistonlik quruvchilar daromadini yoʻqotgani sababli Rossiyani tark etishgan edi. Karantin cheklovlari olib tashlanganidan soʻng ham ular Rossiyaga qaytib kelishga shoshilgani yoʻq. Natijada Rossiya qurilish sektorida ishchi kuchi yetishmasligi yuzaga keldi.
Rossiya hukumati BAM, kosmodrom, Amur gazni qayta ishlash zavodi va boshqa yirik milliy loyihalarni amalga oshirish uchun Oʻzbekistondan 10 ming nafar quruvchilarni tashkillashtirilgan tartibda ishga yollashni rejalashtirgan.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala