O‘zbekiston va Hindiston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qiladi

© MID UzbekistanaAbdulaziz Kamilov s Ministrom inostrannix del Indii Subramanyamom Djayshankarom
Abdulaziz Kamilov  s Ministrom inostrannix del Indii Subramanyamom Djayshankarom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 12.10.2021
Obuna bo‘lish
Hindiston va O‘zbekiston tashqi ishlar vazirlari Afg‘onistonga insonparvarlik yordami ko‘rsatish masalalarini muhokama qilishdi.
TOShKENT, 12 okt - Sputnik. O‘zbekiston va Hindiston Afg‘onistonda uzoq muddatli tinchlik o‘rnatish bo‘yicha hamkorlik qiladi.
Bu haqida Nur-Sulton shahrida bo‘lib o‘tayotgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha Kengash doirasida Abdulaziz Kamilov Hindiston Tashqi ishlar vaziri Subramanyam Jayshankar bilan kelishib oldi.
Xususan, Hindiston tomoni Afg‘onistonda uzoq muddatli va barqaror tinchlikni o‘rnatish bo‘yicha O‘zbekiston bilan faol hamkorlikni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Shuningdek, Afg‘onistondagi hozirgi vaziyat, jumladan, mamlakatga insonparvarlik yordam ko‘rsatish borasida atroflicha fikr almashildi.
Undan tashqari O‘zbekiston va Hindiston orasida turli sohalarda savdo-iqtisodiy hamkorlik istiqbollari, tomonlarning xalqaro tashkilotlar doirasidagi muloqotini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Eslatib o‘tamiz, avgust oyning o‘rtasida Tolibon* harakati Afg‘onistonda hukumatni egallab olgan edi. Ayni damda mamlakatning barcha hududlari ushbu harakat ta’siri ostida bo‘lsa ham, lekin u yerda tinchlik o‘rnatilgani yo‘q. O‘tgan juma kuni Qnduz shahri masjidlaridan birida terakt oqibatida o‘nlab fuqarolar qurbon bo‘ldi. Undan tashqari yaqinolashib kelayotgan qish mavsumida mamlakatda oziq-ovqat, gaz va elektr energiyasi yetishmasligi xavfi saqlanib qolmoqda.
* Rossiya va boshqa davlatlarda ta’qiqlangan terrorchi harakat.
Yangiliklar lentasi
0