Kabul, Afganistan - Sputnik Oʻzbekiston, 1920
Afgʻonistonda vaziyat keskinlashuvi
AQSH qoʻshinlarini Afgʻonistondan olib chiqib ketishini eʼlon qilgach, toliblar mamlakatning deyarli barcha hududlari oʻz xatti-harakatlarini faollashtirdi. Ular kundan-kunga yangi tumanlarni oʻz nazoratiga ostiga oldi. Vaziyat Afgʻonistonning Oʻzbekiston va Tojikiston bilan chegaradosh hududlarida keskinlashdi.

Oʻzbekiston va Pokiston SHHT doirasida Afgʻonistonga yordam beradi

© Sputnik / StringerFlag Pakistana
Flag Pakistana - Sputnik Oʻzbekiston, 1920, 12.10.2021
Qoʻshni davlatlar birgalikda Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlik oʻrnatish hamda gumanitar inqirozning oldini olishga yordam beradi.
TOSHKENT, 12 okt - Sputnik. Oʻzbekiston va Pokiston SHHT doirasida Afgʻonistonga yordam beradi, deb xabar qilmoqda TIV matbuot xizmati.
Ushbu masala Oʻzbekiston prezidentning Afgʻoniston boʻyicha Maxsus vakili Ismatilla Irgashevning Pokiston elchisi Sayid Ali Asad Gʻiloniy bilan boʻlib oʻtgan uchrashuvida muhokama qilindi.
Uchrashuvda xususan, Afgʻonistonda tinchlik va barqarorlikni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ikki tomonlama hamda xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar, xususan, SHHT doirasida birgalikdagi saʼy-harakatlarni amalga oshirish zarurligi qayd etildi.
Shuningdek, qoʻshni mamlakatda gumanitar inqirozning oldini olish uchun mintaqa davlatlari tomonidan afgʻon xalqiga har tomonlama iqtisodiy va gumanitar yordam koʻrsatishni davom ettirish muhimligi taʼkidlandi.
Eslatib oʻtamiz, avgust oyning oʻrtasida Tolibon* harakati Afgʻonistonda hukumatni egallab olgan edi. Ayni damda mamlakatning barcha hududlari ushbu harakat taʼsiri ostida boʻlsa ham, lekin u yerda tinchlik oʻrnatilgani yoʻq. Oʻtgan juma kuni Qnduz shahri masjidlaridan birida terakt oqibatida oʻnlab fuqarolar qurbon boʻldi. Undan tashqari yaqinolashib kelayotgan qish mavsumida mamlakatda oziq-ovqat, gaz va elektr energiyasi yetishmasligi xavfi saqlanib qolmoqda.
* Rossiya va boshqa davlatlarda taʼqiqlangan terrorchi harakat.
Yangiliklar lentasi
0
Avval yangilariAvval eskilari
loader
LIVE
Zagolovok otkrыvayemogo materiala